Teraklisoy rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teraklisoy rasmlari - Chatqol togʻ tizmasi (Teraklisoy qirgʻoqlari)dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. Toshkent viloyati Parkent tumani hududida. 1963-yilda geolog A.Agaponov va Chatqol togʻoʻrmon qoʻriqxonasi direktoriT. Yesipovlartopgan. 1966-yilda A.Kabirov tomonidan oʻrganilgan. Teraklisoy rasmlari oddiy chiziklar, shakl koʻrinishi, soya uslubida urib—choʻkichlab ishlangan: odam, arxar, togʻ echkisi, boʻri. ilon, gʻildirak shaklidagi quyosh, oʻqyoy va boshqa buyumlar tasviri bor; alohida yakka hamda koʻp shaklli — ov, raqs va liniy marosimlar ijrosi bilan bogʻliq manzaralar tasvirlangan. Teraklisoy rasmlarining asosiy qismi mil. av. 1ming yillikning 2yarmida yaratilgan, aksariyati nafis hamda odam va hayvonlar aʼzolari bir-biriga mutanosib qilib ishlangan. Teraklisoy rasmlari sanʼat obidasi sifatida qad. togʻliklar hayoti, madaniyati, eʼtiqodi, urfodatlari va boshqalarni oʻrganishda qimmatli manbadir.