Teplovideniye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teplovideniye (rus. teplo — issiklik va videniye — koʻrish) — oddiy koʻzga koʻrinmaydigan obʼyektlar chiqaradigan yoki ulardan qaytadigan infraqizil nurlanish boʻyicha ularning koʻrinadigan tasvirini hosil qilish usuli. Qorongʻi joyda yoki optik shaffofmas muhitda turgan obʼyektlarning oʻrnini aniklash, murakkab yuzalarning ayrim joylari qizdirilganlik darajasini, noshaffof jismlarning ichki tuzilishini oʻrganish uchun qoʻllanadi. Qizdirilgan jism oʻzidan koʻzga koʻrinmaydigan issiqlik nurlari chiqaradi. Bu infraqizil nurlanishlarni maxsus qabul qilgichlar yordamida qabul qilib, biror usul bilan koʻrinadigan tasvirga aylantirish mumkin.

Dastlabki T. qurilmalari 20-asr 30-yillarida issiqlik nurlarini elektr signaliga aylantirib beruvchi qabul qilgich sifatida bolometr va termopara ishlatilgan. 1970-yilga kelib, teplovizor deb ataluvchi T. tizimi rivojlandi. Teplovizor, asosan, qabul qiluvchi kamera va tasvirlarni koʻrsatuvchi indikator qurilmalardan iborat.

Keyinchalik yaratilgan teplovizorlarda maxsus usul bilan sovitiladigan fotopriyomniklar hamda piroelektrik qabul kilgichlar keng ishlatiladi. Bunday teplovizorlar toʻlqin uz. Xq5—6 mkm boʻlgan nurlarni oson qabul qila oladi. Ular inson tanasining ayrim joylari haroratini 0,1° aniqlikda sezadi. Bu esa rak kasalliklarini va qon aylanish tizimida mavjud boʻlgan buzilishlarni oldindan aytib berishga imkon beradi. Gammarentgen, ultratovush, elektromagnit toʻlqinlardan foydalanib ishlaydigan usuli — introskopiya keng qoʻllaniladi.

T. qurilmalari kosmonavtika, tibbiyot, qurilish, qx., geologiya, navigatsiya, defektoskopiya, harbiy ish va boshqa sohalarda qoʻllanadi.