Teodorix Buyuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Teoderixdan yoʻnaltirildi)

Teodorix Buyuk, Teoderix (Theodoricus, Theoderich) (taxminan 454 — 526) — ostgotlar qiroli (493—526), Italiyada ostgotlar davlati asoschisi. 488-yil Italiyaga bostirib kirgan va u yerdagi hukmdor Odoakrni taxtdan agdarib, qatl ettirgach, hokimiyatni egallab olgan (493-yil). T. davrida ostgotlar davlatiga Gʻarbiy Yevropadagi katta hududlar tobe boʻlgan. Rim aristokratiyasi bilan yaqinlashgan ostgot zodagonlari manfaatlarini ifoda etgan. T. ostgotlar davlati boshkaruvi, maʼmuriyati, qonunshunosligida Rim tartiblarini saqlab qolgan. taxminan 512-yil nashr etilgan Teodorix edikti asosini Rim huquqi tashkil qilgan boʻlib, u qulchilikni qonunlashtirgan, yirik yer egaligini saqlab qolgan. T. davrida markazlashgan hokimiyatni mustaxkamlanishi mamlakatda dehqonchilik va savdoning taraqqiy etishiga, fan va sanʼatning ravnaq topishiga imkon bergan.