Tentakqushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tentakqushlar (Caprimulgiformes) — kushlar turkumi. 5 oilasi bor: guaxalo yoki jiryaklar, baqaogʻizlilar, ispolin T., yapaloqqushsimon T., oddiy T. 24 urugʻi va 103 turi mavjud. Vazni 60 g dan 600 g gacha. Tunda faol hayot kechiradi. Qanoti va dumi uzun, patlari yumshoq, kulrang yoki qoʻngʻir. Tumshugʻi keng va qisqa, koʻzi katta, oyoqlari kalta. Yapalokqushlar singari tovushsiz uchish xususiyatiga ega. Yerda sekin harakatlanadi. Oʻljasini uchib borayotganida tutadi. Uya qurmaydi. 2 ta tuxumini yerdagi qum yoki toʻplanib qolgan choʻpxaslar ustiga qoʻyadi. Asosan, tropik oʻlkalarda (oʻtroq), ayrim turlari moʻʼtadil iklimli mintaqalarda (uchib oʻtuvchi) tarqalgan. Oʻzbekistonda saman va oddiy T. butali choʻllarda uya quradi. Tuxumini 18—20 kun bosadi. Hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligi.ga foyda keltiradi. T.ning bir necha turlari Tabiatni muxrfaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga va ayrim mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.