Tenorit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tenorit (italyan botanigi M. Tenore nomidan) — oksidlar sinfiga mansub mineral, misning tabiiy oksidi SiO; tarkibida 79,89% mis bor. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi kora va kulrang boʻlib, oʻta mayda plastinkasimon kristallardan tarkib topgan; konsentrikpoʻstloqsimon boʻlakchalar shaklida uchraydi, baʼzan, zich tuproqsimon agregatlari kuzatiladi (mas., malakonit). Qattikligi 3,5—4, zichligi 5,8—6,4 g/sm3. T. mis konlarining oksidlanish zonasida kuprit, malaxit, xrizokoll, tugʻma mis va boshqalar bilan, baʼzan vulkanlarning sublimatlarida hosil boʻladi. T. xususiy konlar hosil qilmaydi, oksidlanish zonasida misning boshqa minerallari bilan birga qazib olinadi. Mis olish uchun xom ashyo hisoblanadi.