Tengsiz alvonchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tengsiz alvonchi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Lycaenidae
Urugʻ: Lycaena
Turlari: Tengsiz alvonchi
Xalqaro ilmiy nomi
Lycaena dispar (Haworth), 1802

Tengsiz alvonchi ko‘p ko‘zli tengsiz [1] ( lotincha: Lycaena dispar) — feruzaqanotlilar oilasiga mansub kunlik kapalak.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Old qanotlarining uzunligi 2 sm gacha, qanotlarning yuqori tomoni alvon rangga ega. U aniq jinsiy dimorfizmga ega va juda o‘zgaruvchan turlardan biridir.

f. batava shaklining old qanotlarida faqat bitta qora nuqta, orqa qanotlarda xarakterli qora chegara bor. Urg‘ochilar ancha quyuqroq, oldingi qanotlarida ko‘p qora nuqta va orqa qanotlarida bitta qora chegara bor.

Sistematika bo‘yicha eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu kapalakning taqdim etilgan yana bir turi 1864-yil Sharqiy Yevropadagi turi rutila Werneburg  kenja turi sanaladi. Buyuk Britaniyada tarqalgan bu kenja turi va qanotlarining tepa qismi alvon rang tus olishi va sezilarli darajada ajralib turadi. Orqa qanotlarning pastki qismi esa moviy rangga ega.Bu kapalaklar bugungi kunga kelib qirilib ketgan.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevrosiyoning moʻtadil zonasida yashaydi. Turlar kam bo‘lsa ham, lekin mahalliy sharoitda uchraydi. Rossiyaning shimoliy hududlarida, Yevrosiyoning cho‘lning eng qurg‘oqchil hududlarida va Qrimning janubiy qirg‘og‘ida (Kurskoye, Dolinnoye, Litvinenkovo, Denisovka, Chapayevo, Glazovka qishloqlari yaqinida), Markaziy Kavkazda ko‘rish mumkin.

Nam o‘tloqlarda, botqoqli o‘rmon bo‘shliqlarida, torf botqoqlarida, botqoqlarda, turli suv havzalari qirg‘oqlarida yashaydi. Parklar, bog‘lar, shaharlar va qishloqlarda kamroq tarqalgan. Cho‘l zonasida u yirik daryolar vodiylari bilan bog‘langan va mahalliy darajada uchraydigan daryo vodiylari va botqoqlarda yashaydi. O‘zbekiston hududida dengiz sathidan 500-1000 m balandlikdagi tekislik va o‘rta balandlikdagi tog‘larning namlangan o‘tlarga boy qismlari, ba’zan vohalarda uchraydi.

Kavkazda daryolar va soylar qirg‘oqlari bo‘ylab suv bosadigan nam o‘tloqlarda yashaydi. Tekisliklarda va balandligi 500 m gacha bo‘lgan tog‘larda uchraydi.

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir naslining rivojlanishi davrida kapalaklarning uchish vaqti (diapazonning shimolida) iyun oyining boshidan (may oyining oxirida iliq mavsumlarda) iyul oyining o‘rtalariga qadar davom etadi. Yiliga ikki nasl rivojlanishi bilan (masalan, Ukraina hududida) kapalaklarning parvoz vaqti may-iyun oylariga to‘g‘ri keladi va iyul oyining o‘rtalaridan sentyabr oyining boshlarigacha boradi.

Urg‘ochisi ozuqa o‘simligining barglariga 1 ta tuxum qo‘yadi. Qurtlarning ozuqa o‘simliklari: suvzamchi, suv otquloq, jingalak otquloq, qirg‘oq otquloq, o‘rmon otquloq, otquloqlar hisoblanadi. Bitta urg‘ochi 100 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxum bosqichi taxminan 5-7 kun. Qurti iyunda otquloq (Rumex) va suvzamchilarda (Polygonum) yashaydi. Gʻumbagi qishlaydi. Gʻumbaklar o‘simlikning poyasiga birikadi. Gʻumbakning rivojlanishi 12 kun davom etadi.

Muhofaza etish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tur ko‘pgina Yevropa (Fransiya, Niderlandiya, Gresiya, Lyuksemburg, Germaniya, Chexiya, Polsha, Italiya va boshqa) mamlakatlarida sonining kamayib borayotgani yoki yo‘qolib borayotgani e’tirof etilgan.

Ayni vaqtda bu tur qirilib ketgan: Buyuk Britaniyadagi nominativ kichik turlar va ssp. gronieri Bernardi Fransiyada.

1979-yil Bern konvensiyasi bilan himoyalangan.

Germaniya (2-toifa), Daniya (0-toifa), Finlandiya (1-toifa), Moskva viloyati (1998) (3-toifa) uchun Sharqiy Fennoskandiyaning Qizil kitoblariga (1998) kiritilgan.

ssp. rutila Wemeburg turi 1864-yil O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan (2-toifa), chunki so‘nggi o‘n yilliklar davomida soni keskin kamayib, ayrim namunalarigina uchraydi [2] . O‘zbekistonda yashash makonlarida qo‘riqlarni haydash, daraxt va butalarni kesish, pichan tayyorlash va chorvani haddan tashqari ko‘paytirish natijasida qisqarib bormoqda.

Chotqol, Nurota qo‘riqxonalari va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Горбунов П. Ю., Ольшванг В. Н.. Бабочки Среднего Урала: Справочник-определитель. Екатеринбург: «Сократ», 2007 — 267 bet. 
  2. Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные. — Ташкент: Chinor ENK, 2009. — 218 с.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]