Rashid Temurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Temurov Rashid Mahmudovichdan yoʻnaltirildi)

Rashid Mahmudovich Temurov (1912.18.1, Buxoro — 1991, Samarqand) — manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Samarqand badiiy bilim yurtida (1932—36), Oʻzbekiston rassomlar uyushmasining rassomlar malakasini oshirish kursida (1938—41) taʼlim olgan. T. yorqin ranglardan keng foydalanadi; rang surtmalari va shakllari yaxlit va yirik holda olinadi. Asarlarida Oʻzbekistonning goʻzal tabiatini nozik boʻyoqlarda gavdalantiradi, mehnatkash xalqni, qad. shaharlarini asarlariga koʻchiradi: "Eski shahar" (1936), "Toshkent chekkasida" (1939), "Kanal qurilishida" (1940), "Samarqand bogʻlari" (1951), "Ulugʻbek madrasasi. Bahor" (1957), "Bibixonim maydoni. Bahor" (1958), "Gullagan daraxt" (1962), "Tushki tanaffus" (1971), "Mening shaxrim" asarlar turkumi (1969— 80), "Samarqand syuitasi" (1982) va boshqa T.ning Samarqanddagi ustaxonasida muzey ustaxona ishlab turibdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil