Temuriylarning Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VIga 1402-yilgi maktubi

Temuriylarning Yevropa bilan aloqalari XV asr boshlarida rivojlandi, chunki turk-moʻgʻul hukmdori Amir Temur va Yevropa monarxlari tashqi xavf boʻlmish Usmonli imperiyasiga qarshi yaqinlashishga harakat qildilar. Temuriylar musulmon boʻlsalar-da, ular bilan Usmonli turklari va Misr mamluklari oʻrtasidagi kuchli dushmanlik munosabatlari saqlanib qolayotgan edi.[1]

Garchi Temuriylar oʻzini gʻoziy deb eʼlon qilgan boʻlsalar-da, Amir Temur Yevropa bilan nisbatan doʻstona munosabatlarni davom ettirdi.[1] Yevropani oʻsha paytda Usmonli turklarning bosqinchi qoʻshinlari tahdid ostiga olgan va Yevropa hukmdorlari kuchli ittifoqchilardan umidvor boʻlayotgan edi. Amir Temur xuddi shu tarzda Yevropa davlatlarini oʻziga Usmonli dushmanlarini yoʻq qilishda yordam beradigan ittifoqchilar deb bildi. 1399-yilda Hindistondagi yurishlaridan soʻng Amir Temur 1400-yilda Halab va Damashqni egalladi.[2] 1402-yil iyulda Anqara jangida Usmonli hukmdori Boyazid I bilan jang qildi va magʻlubiyatga uchratdi.

Ispaniya va Fransiya qirollari bilan aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anqara jangidan oldin, Yuz yillik urushning tinch bosqichlari vaqtida koʻplab Yevropa ritsarlari va qurolsozlari chet elda baxtlarini izlashadi va ularning baʼzilari Amir Temurarmiyasida xizmat qilishdi. Jak du Fey ismli fransuz zamindorining Amir Temur qoʻl ostida xizmat qilgani haqida maʼlumotlar mavjud, ammo uning xizmatining nimadan iboratligi nomaʼlum. Maʼlumki, Amir Temur Nikopol jangida dahshatli muvafaqqiyatsizlikka uchragan salib yurishidan soʻng, oʻz vatandoshlariga qoʻshilib olishi uchun uni ozod qiladi. Jangdan soʻng Usmonli sultoni koʻplab mahbuslarni qatl etishni buyurdi, ammo Amir Temur tomonidan Usmoniylarning Jihod chaqirigʻiga javob berish uchun yuborgan tatar jangchilari Jak du Feyni tanib, uni qatl etishdan qutqarib qoladilar.

Anqara jangi paytida Ispaniyaning ikki elchisi Amir Temur yonida boʻlgan. Ular Pelayo de Sotomayor va Fernando de Palazuelos.[3] Usmonli turklarning Yevropaga hujum qilishiga qarshi Amir Temur va Yevropa davlatlari oʻrtasida ittifoq tuzish imkoniyati mavjud edi. Usmonli va mamluk dushmanlarini tajovuzkor ittifoqlar yordamida oʻrab olishni istagan Amir Temur uchun aniq bir sabab bor edi.

Bir asr oldingi Franko-Moʻgʻul ittifoqiga qarshi qaratilgan ushbu urinishlar, ayniqsa Usmonli hujumlari oʻsha paytda Konstantinopolga tahdid solayotgan edi.[2][4][5][6]

Temur Karl VI saroyiga Sultonya arxiyepiskopi Dominikan ruhoniysi Janni elchi qilib yubordi .[5] Jan 1403-yil 15-iyunda Parijga yetib keldi. Temurning maktubi Karl VI ga yetkazilib, unda quyidagilar tavsiflangan:

"Eng osoyishta, eng muzaffar Qirol va Sulton, Frasniya va boshqa ko'plab millatlar qiroli, eng qadrli do'stim, dunyoning eng marhamatli monarxi, ko'plab buyuk urushlar g'olibi."

— Amir Temurdan Karl VI ga maktub.[1]

Temur Karl VIga harbiy ittifoq hamda tijoriy aloqalarni yanada rivojlantirishni taklif qildi. Karl VI faqat Temur oʻlimidan sal oldin (1405) javob elchiligini yubora olishi mumkin edi.[7]

Ispaniya bilan aloqalar ham rivojlangan.[1] Ispaniyalik tarixchi Migel Anxel Ochoa Brunning fikriga koʻra, Kastiliya qiroli Genri III va Amir Temur oʻrtasidagi munosabatlar oʻrta asr Kastiliya diplomatiyasining eng muhim tasvirlari boʻlgan.[8] Amir Temur Kastiliya saroyiga Xoji Muhammad al-Qozi ismli Chigʻatoy elchisini xat va sovgʻa-salomlar bilan yubordi.[3]

1402-yil dekabrda Amir Temur Anadolu sohilidagi kichik Yevropa avanposti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ziddiyatga kirishdi. Izmir shahrining qal’asi va porti Gospitalyerlar ordeni tomonidan egallandi. Amir Temur Izmirni ikki hafta davomida qamal qildi va uni egalladi. Ushbu harakat Aragon va Kastiliyani vahimada qoldirdi.

Ruy Gonzales de Klavixo elchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natijada Kastiliya qiroli Genrix III 1403-yil 21-mayda Rui Gonzales de Klavixo boshchiligidagi elchilarni yana ikki elchi — Alfonso Paez va Gomes de Salazar bilan birgalikda Amir Temurning Samarqanddagi saroyiga yuboradi.[1][4][5] Elchi Klavixo 1406-yil Ispaniyaga qaytib kelganda Amir Temur Ispaniya qirolini „oʻzining oʻgʻli deb bilishini“ aytadi.

Klavixoning soʻzlariga koʻra, Temurning Ispaniya delegatsiyasiga nisbatan yaxshi munosabati uning asosiy mezboni „Xitoy hukmdori“ (yaʼni Min sulolasi imperatori Yongle)ning elchilariga boʻlgan munosabatiga zid edi. „Yer yuzi sohibi“ unvoniga[9] ega boʻlgan Xitoy hukmdori elchilarini Temur „oʻgʻri va yomon odam“ deb nomlagan hamda uning elchilarini ispan elchilaridan orqada joylashtirgan.[10]

Klavixoning Samarqandga tashrifi Yevropa jamoatchiligigaXitoy haqida maʼlumotlar berishga imkon berdi, bu esa yevropaliklar Marko Polo sayohatlaridan beri oʻtgan asrlarda ushbu mamlakat haqida bevosita tasavvur uygʻotishga muvaffaq boʻlishdi. Klavixo axborotida, garchi toʻliq boʻlmasa ham, imperator Chju Yuanchjan avlodlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan fuqarolar urushi haqida maʼlumotlar berilgan. Ispaniyaliklar baʼzi xitoylik mehmonlar bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega boʻlishgan va Samarqand va Kambalu (Pekin) oʻrtasidagi karvon yoʻllari toʻgʻrisida maʼlumotlar oldilar. Yevropalik jamoatchiligiga Xitoyning poytaxti Kambalu haqida „dunyodagi eng katta shahar“ ekanligi va bu mamlakatning qudratli qoʻshinlari haqida gapirishdan tashqari, Klavixo ham yanglishib — Xitoyning yangi imperatori katoliklikni qabul qilganini xabar beradi.[11] Shunday qilib, uning maʼlumotlari Xitoyda xristianlikning keng tarqalganligi haqidagi Yevropa dunyoqarashini qoʻllab-quvvatlovchi omillardan biri boʻlib xizmat qildi, bu XVII asr boshlariga qadar saqlanib qolishi va 1603-yilda taniqli Bento de Goy ekspeditsiyasi yuborilishining sabablaridan biri boʻlgan edi.

Amir Temurdan keyingi munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temur 1405-yilda vafot etdi va uning oʻgʻli Shohruh Usmonlilarga qarshi kurashni davom ettirdi hamda xristian Gʻarbida bosqinchi Usmonli imperiyasi Yevropadan uzoqlashtirilishi mumkinligiga umid yaratdi.[12]

Bavariyalik sayyoh Iogann Shiltberger 1402-yildan 1405-yilgacha Amir Temur xizmatida qolganligi maʼlum.[5] Shuningdek, koʻplab venetsiyalik va Genuyalik savdogarlar ham oʻsha vaqtlar tashqi aloqalarida faol edilar.[3]

Yevropa va Temuriylar oʻrtasidagi keyingi aloqalar venetsiyalik sayyoh Nikkolo da Kontining 1420—1425-yillar oraligʻidagi aloqalari boʻladi.[3] Ispaniyaning sharq bilan yaqinlashishga boʻlgan istagi 1492-yilda Xristofor Kolumb davriga qadar davom etgan boʻlsa-da, aloqalar bundan keyin avvalgidek rivojlana olmadi, ularning maqsadi Xitoyning Buyuk Xoniga yetib borish edi.[1]

Amir Temur tarixi Yevropada sharqshunoslik bilan bogʻliq holda uzoq tarixga ega. Hatto 1590-yilda Xristofor Marlove „Buyuk Temur“ asarini yaratadi, 1724-yilda Hendelning „Temur“ operasi ham yaratiladi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Atiya, Aziz Suryal (1938) [1938], The Crusade in the Later Middle Ages, 256ff-bet
  2. 2,0 2,1 2,2 ''The Silk Road: Two Thousand Years in the Heart of Asia'' Frances Wood. Books.google.com — 136 bet. 2013-yil 21-mayda qaraldi. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Fisher, W. William Bayne. The Cambridge History of Iran. Cambridge University Press, 1986-02-06 — 375– bet. ISBN 978-0-521-20094-3. 21-may 2013-yilda qaraldi. 
  4. 4,0 4,1 ''Inner Asia'' by Denis Sinor. Books.google.com — 190 bet. 2013-yil 21-mayda qaraldi. 
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 ''Ibn Khaldun in Egypt'' Walter F. Fischel. Books.google.com — 106 bet. 2013-yil 21-mayda qaraldi. 
  6. ''Culture and customs of Iran'' by Elton L. Daniel. Books.google.com — 25 bet. 2013-yil 21-mayda qaraldi. 
  7. Gifford, John. ''The history of France, from the earliest times, to the present important era''. Books.google.com — 355 bet. 2013-yil 21-mayda qaraldi. 
  8. González de Clavijo, Ruy; Estrada, Francisco López (1999), Embajada a Tamorlán, Volume 242 of Clásicos Castalia Series (Spanish), Editorial Castalia, 19-bet, ISBN 84-7039-831-8{{citation}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  9. Levathes, Louise (1994), When China Ruled the Seas: The Treasure Fleet of the Dragon Throne, 1405–1433, Oxford University Press, 125–126, 220n-bet, ISBN 0-19-511207-5. Her source is Fletcher, Joseph F. (1968), „China and Central Asia, 1368–1884“, in Fairbank, John King (muh.), The Chinese world order: traditional China's foreign relations, Volume 32 of Harvard East Asian series, Harvard University Press, 211-bet, who in his turn cites a translation of the Persian text of Yongleʼs letter from a Samarkand ca. 1475 source
  10. Levathes 1994, ss. 125–126, 220n. Her source is González de Clavijo, Ruy; Markham, Clements R. (translation and comments) (1859), Narrative of the embassy of Ruy Gonzalez de Clavijo to the court of Timour at Samarcand, A.D. 1403-6 (1859), 133–134-bet. (Levathes quotes a 1970 reprint, with the same pagination).
  11. González de Clavijo & Markham 1859, ss. 172–174. During Clavijoʻs visit the capital of the Ming Empire was actually Nanjing, rather than Beijing (Cambalu).
  12. ''A History of the Crusades, Volume VI: The Impact of the Crusades on Europe'' Kenneth M. Setton. Books.google.com, 1990-06-15 — 262 bet. 2013-yil 21-mayda qaraldi.