Temirchaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Temirchaklar (Tettigonioidea) -toʻgʻri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Koʻpchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyogʻining boldir qismida joylashgan. Tuxum qoʻygichi qilichsimon, uzun. T. oʻsimlikxoʻr, shuningdek, yirtqichlari ham bor. Oʻrmon chetlari, butazorlar, gʻorlar, toshlar ostida va boshqa joylarda yashaydi. Tuxumi qishlaydi; bahorda tuxumdan lichinka rivojlanadi. Lichinka 1—2 oy mobaynida 5—8 marta pust tashlab taraqqiy etadi. Hayot sikli bir yoki bir necha yil (dshpauza hisobiga) davom etadi. Baʼzi T. (yashil T. va kulrang T.) qurgʻoqchilik yillari ekinlar (gʻalla, tokzorlar)ga ziyon keltiradi.