TeliaSonera
![]() | |
Turi | Uyali aloqa |
---|---|
Status | kompaniyasi |
Shiori | "Together" |
Joylashuvi | Stokgolm, Shvetsiya |
Hududiy xizmati | Yevropa, Osiyo |
Budjeti | 105 milliard shved kronasi[1] |
Ishchilar soni | 27 838 |
Aʼzolari |
Yohan Dennelind (Prezident va ijrochi direktor) Maria Ehrling (Kengash raisi) |
Vebsayti | TeliaSonera |
Til(lar)i | ingliz |
TeliaSonera AB - Shvetsiya va Finlyandiyaning hamkorlikdagi yetakchi kompaniyasi boʻlib, telekommunikatsiya va uyali aloqa xizmatlarini amalga oshiradi. Kompaniya shimoliy va Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, shuningdek bir qancha Osiyo davlatlarida xizmat koʻrsatadi, umumiy mijozlari soni esa 182 milliondan ortiq (2013-yil).
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera 2002-yilda Shvetsiya va Finlyandiyaning Telia hamda Sonera kompaniyalari qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Telia kompaniyasi xususiylashtirilishidan avval davlat monopoliyasi edi. Sonera esa, avvaliga shahar telefon tarmoqlariga xizmat koʻrsatgan. TeliaSoneraning 37% aktivlari Shved hukumatiga, 13.2% aktivlari Fin hukumatiga, qolgani esa dunyo boʻylab sarmoyadorlar, yirik kompaniyalarga qarashlidir.
Telia[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shvetsiyaning Telegrafverket (Royal Telegraph Agency) korxonasi 1853-yilda, Stokgolm va Uppsala orasida telegraf oʻrnatilgan vaqtda tashkil etilgan. Shvetsiyada telefon tizimi yaxshi ishlanmagan, buning sababi – mamlakatda telefon patentlanmagan edi. Biroq, Ericsson shirkati qurilmalarni yetkazib bergan. 1920-yillarga kelib, mamlakatda monopoliyaga aylanadi. 1953-yilda uning nomi “Telverket” deb, 1992-yilda esa “Telia” deb oʻzgartitiladi. 1990-yil boshlarida GSM xizmat turi yoʻlga qoʻyiladi. Shu vaqtlarda uning bir qancha raqobatchilari paydo boʻlishi ushbu korxona monopoliyasiga chek qoʻydi. Ushbu raqobatchilardan eng yirigi Tele2 korxonasi boʻlib, u Shvetsiyada birinchi bor (2000-yilda) 3G xizmatini yoʻlga qoʻydi. Keyinroq, Telia korxonasi ham ushbu xizmatni koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi.
Sonera[tahrir | manbasini tahrirlash]
1917-yilda Finlyandiya telegraf agentligi tashkil topadi. 1927-yilda, agentlik Finlyandiya pochta boshqarmasi bilan qoʻshilib, “Fin pochtasi va telegrafi agentligi” nomini oladi. 1994-yilgacha bu agentlik mamlakatdagi barcha telefoniya xizmatlarini koʻrsatib kelgan. 1994-yili agentlik ikkiga boʻlinib, “Suomen” hamda “Telecom Finland” shirkatlariga aylantiriladi. 1998-yilda “Telecom Finland”ning nomi oʻzgarib, “Sonera” deb atala boshlanadi.
Operatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera hozirgi kunda Skandinaviya va Boltiqboʻyi davlatlaridagi eng yirik va mijozlar soni koʻp uyali aloqa kompaniyasidir[2]. Keyingi oʻrinlarda Yoigo, Megafon, NetCom va boshqalar turadi[3].
Afgʻoniston[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera Afgʻonistonning Roshan uyali aloqa kompaniyasining 12,25 foiziga ega[4].
Daniya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daniyada 1995-yildan beri faoliyat yuritadi.
Estoniya[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera Estoniyadagi “Eesti Telekom”ning egasidir. 2009-yilda mazkur korxona aksiyalarining 100 foizini sotib olgan.
Finlyandiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera Finlyandiyadagi eng yirik aloqa operatori boʻlib, barcha turdagi aloqa xizmatlarini koʻrsatadi.
Gurjiston[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yildan TeliaSonera “Geocell” aloqa kompaniyasining 58,5 foiziga ega. Qolgan 41 foizi esa Turkiyaning “Turkcell” kompaniyasiga tegishli.
Latviya[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera Latviyaning “LMT” uyali aloqa shirkatining 49 foiziga, shuningdek, “Lattelecom” operatorining 49 foiziga va “Tele Latvia” operatorining 100 foiziga egalik qiladi.
Litva[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera “Omnitel” kompaniyasining 100 foiziga va “TEO LT” kompaniyasining 88 foiziga ega.
Moldova[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera “Moldcell” kompaniyasining 74,3 foiziga ega.
Nepal[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera Nepal davlatining “Spice Nepal” kompaniyasining 80 foiziga ega, shuningdek, “Mero mobile” kompaniyasi ham qoʻshilgan.
Norvegiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Norvegiyada 1998-yildan faoliyat yuritadi.
Ozarbayjon[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yil 15-maydan boshlab Azercell kompaniyasi faoliyat koʻrsatadi.
Qozogʻiston[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qozogʻistonda 2006-yildan boshlab “KCell” aloqa operatori sifatida ishlamoqda.
Rossiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera Rossiyaning MegaFon uyali aloqa operatorining 25,2 foiziga ega.
Ispaniya[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera “Yoigo” uyali aloqa kompaniyasining 76,6 foiziga ega.
Tojikiston[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera tojikistonning ikkita uyali aloqa operatorlarini birlashtirib, “Tcell” sifatida ishlamoqda.
Turkiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
TeliaSonera mamlakatning eng yirik aloqa operatori hisoblangan “Turkcell” kompaniyasining 38 foiziga ega.
Oʻzbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yilda Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻsha paytda uning foydalanuvchilari soni 400,000 dan ziyod edi. 2012-yilda mijozlar soni 9 milliondan ortdi. 2015-yilda TeliaSonera Oʻzbekiston bozoridan chiqib ketishi taxmin qilinmoqa[5]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Annual Results 2012“ (PDF). TeliaSonera. Qaraldi: 31-yanvar 2013-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „TeliaSonera - press release“. Cision Wire. 10-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2009-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2009-08-10).
- ↑ The Mobile World, Global Multinationals: Consolidated Customers, Issue 40, p21 23-Oct 2006-yil, 2017-06-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-05
- ↑ arxiv nusxasi, 2014-07-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-08-19
- ↑ Teliasonera Oʻzbekiston bozoridan ketadi, 2015-10-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-17
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy sayti
- Yahoo! - TeliaSonera AB Company Profile
- TeliaSonera CDN Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-04-19).
- UCell
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |