Televizion teleskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Televizion teleskop - kuzatiladigan osmon yoritqichlarining tasviri teleskop texnika yordamida hosil qilinadigan astronomik qurilma. Birinchi marta 20-asr 50y.lari oʻrtalarida Oy va sayyoralarni, keyinchalik esa Yer sunʼiy yoʻldoshlari va boshqa kosmik obyekt (galaktika, tumanlik) larni kuzatishda qoʻllana boshladi. Televizion teleskop optik teleskota oʻrnatilgan uzatuvchi televizion trubka (superortikon, izokon, vidikon), videokuchaytirgich, aloka kanali va qabul qiluvchi televizion trubka (kineskop) dan iborat. Televizion teleskop spektrning ultrabinafsha, koʻrinma va infraqizil diapazonlarida ishlashi va kosmik obyekt tasvirini uzok, masofaga (kabel yoki efir orqali) uzata olishi bilan boshqa nur qabul qiluvchi vositalar (fotoplastinka, fotoelement)dan ustun turadi. Olingan videosignallarni qayta ishlashda avtomatik asboblardan foydalaniladi. Televizion teleskop birinchi marta 1952-yil Oyni (Buyuk Britaniya) va 1954-yil Marsni (AQSH) kuzatishda qoʻllanildi. Pulkovo rasadxonasida Televizion teleskop bilan 1956-yildan boshlab Oy tadqiq qilingan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida Televizion teleskop yoʻq. Bu yerda zaryad alokasiga asoslangan matritsali Quyosh teleskopi (PZS) ishlab turibdi (2004).