Televizion minora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Televizion minora - radio televizion uzatish styasi; televideniye, radioeshittirish, radiotelefon va radiorele aloqasi antennalari oʻrnatiladigan tayanch. Balandligi televizion styaning taʼsir radiusiga va uzatuvchi televizion antennaning soni hamda oʻlchamiga qarab belgilanadi. Televizion minora kanchalik baland boʻlsa, antennalarning taʼsir doirasi shunchalik keng boʻladi. Televizion minoraga bir nechta televizion antennalardan tashqari ultraqisqa toʻlqinli radioeshittirish antennalari, radioreleli aloqa, koʻchma radiotelefon antennalari oʻrnatilishi mumkin. Baʼzan Televizion minoraga meteorologik kuzatish asboblari ham oʻrnatiladi. Televizion minora metall (poʻlat) yoki temirbetondan turli meʼmoriy yechimlarda quriladi. Katta shaharlardagi Televizion minoralarning koʻpida shahar manzarasini kuzatish uchun maydoncha, kafe yoki restoran boʻladi. Minora ichiga barcha kommunikatsiya vositalari, yukrrigi ichki qismiga radiouzatkich va boshqa elektron jihozlar joylashtiriladi.

Dunyodagi eng baland Televizion minoralardan biri Ostankino (Moskva)dagi Televizion texnika markazidir (533,3 m, 1967). Kanadadagi Toronto Televizion minorasi dunyodagi eng baland minora hisoblanadi (550 m, 1974). Tokioda 600 m li Televizion minora qurishga kirishildi (2004-yil).

Toshkentda 2 ta Televizion minora bor (180 m, 1956; 375 m, 1985) (qarang Toshkent televizion minorasi).