Teleks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teleks [tele... va ing. ex(change) —almashinuv] — abonentlar orasida ikki tomonlama bevosita telegraf xabarlar almashish uchun moʻljallangan xalqaro telegraf aloqa tarmogʻi. "Teleks" kommutatsiya telegraf styalari boʻlgan mamlakatlarning milliy telefaf tarmoqlarini birlashtiradi. Styalar kabel va radioliniyalar, shuningdek kosmik aloqa tizimidan foydalangan holda telegraf aloqa kanallari boʻyicha bir-biri bilan xabarlar almashinadi. Abonentlarni milliy, xalkaro va qitʼalararo kommutatsiya styalari avtomatik tarzda (abonent rakamini terib) yoki buyurtma boʻyicha (stya operatorlari opkali) ulaydi. Har qaysi abonent tomonda avtomatik tarzda javob beruvchi qurilmali startstop (ulashuzish) telegraf apparata va chaqiruv asbobi boʻladi. Jahondagi 150 dan koʻp mamlakat (shu jumladan Uzbekistan) milliy telegraf tarmoklarini birlashtiradi (2004).