Telegraf kodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telegraf kodi — telegrafiyada qabul qilingan shartli xos belgilar. Bunda har qaysi harf (yoki belgi) ga elektr toki elementar signallari uygʻunlashuvi toʻgʻri keladi. Agar belgilardagi signallar miqdori har xil boʻlsa, Telegraf kodi notekis kod (mas., Morze kodi), agar bir xil boʻlsa, tekis kod [mas., besh belgili (karrali) Bodo kodi] boʻladi (qarang J.M.E. Bodo, Bodo apparati).