Telefon apparati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telefon apparati - abonentlarning gaplashishi uchun moʻljallangan elektrakustik apparata; telefon tarmoqlarinnsh oxirgi abonent qurilmasi. Amalda qoʻllanilgan birinchi uzatishni qabul qilish qurilmasini 1876-yilda Shotland ixtirochisi A.G.Bell ixtiro qilgan. Keyinchalik turli mamlakatlarning ixtirochi va olimlari uni takomillashtirgan. Telefon apparati gaplashiladigan qism (telefon va mikrofon, bular umumiy korpus, yaʼni trubkaga birlashtiriladi), abonentni chaqiruvchi qism (diskli yoki tugmachali raqam tergich, yaʼni signal qoʻngʻirogʻi) va kommutatsiya qurilmasi (apparatning chaqiruvchi qismini gaplashish kismiga ulaydi)dan iborat. Telefon apparatilarning hammasi mexanoavtomatik rejimda ishlaydi (yaʼni raqam terish mexanik, abonentlarni ulash avtomatik tarzda amalga oshadi). Abonentlarga "oʻzi" javob beradigan, ularning telefon raqamlarini magnit xotiraga qayd qiladigan avtoraqam tergichli avtomat Telefon apparatilar ham mavjud.

Mikrofon zanjirini oʻzgarmas tok bilan taʼminlash usuliga koʻra, mahalliy batareyali va markaziy batareyali (telefon styaning markaziy batareyasiga ulangan) Telefon apparati farklanadi. Oddiy Telefon apparatilardan tashkari, shaxtalarda ishlatiladigan (portlash xavfi yoʻq), dispetcherlik, taksofon (avtomattelefon)lar, uyali telefon va boshqa Telefon apparatilar ham bor. Boshqarish pulti va televizion bloki boʻlgan. Telefon apparati videotelefon deb ataladi. Bunda abonentlar bir-birini koʻrib turadi, rayem, fotosurat, matn va boshqalarni koʻrish mumkin boʻladi.