Telefon stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Telefon Stansiyasidan yoʻnaltirildi)

Telefon stansiyasi - aloqa kanallarini kommutatsiya qilish (uzibulash) uchun moʻljallangan texnika vositalari majmui; telefon tarmoqlarining bir qismi. Telefon kanallari (abonent va aloqa liniyalari)ni maʼlum vaqtga ulaydi va uzadi; bu maqsadda aloqa yoʻnalishi boʻyicha telefon axborotlari oqimini birlashtiradi va taqsimlaydi. Telefon stansiyasi qoʻlda (RTS) va avtomatik (ATS) kommutatsiyalaydigan xillarga boʻlinadi. RTS telefon kommutatorlik bilan jihozlanadi; kanallar operatortelefonchi orqali kommutatsiyalanadi. ATS izlagichlar yoki koordinat ulagichlar, telefon relesi va boshqa yordamida avtomatik tarzda ishlaydi. Kommutatsiya qurilmalari turiga qarab, ATS mashinali va dekada qadamli, koordinatali, kvazielektron, elektron xillarga boʻlinadi.

ATS tarkibiga: kommutatsiya tizimi va boshqarish qurilmasi; telefon aloqasi liniyasini kommutatsiya tizimiga ulaydigan kiritish qurilmalari; elektr bilan taʼminlash qurilmalari; yordamchi qurilmalar (shamollatish, isitish va boshqalar) kiradi. Kommutatsiya tizimi (KT) va boshqarish qurilmasi (BQ) avtomat zaliga oʻrnatiladi. ATS ning kirish va chiqishlari KT orqali BQ yordamida ulanadi. Koʻpgina ATS tizimlarida kirish bilan chiqishlar bosqichmabosqich ulanadi. Har qaysi bosqichning oʻz BQ boʻlib, u izlash bosqichi deyiladi. Mas., dekada qadamli ATS da dastlabki bosqich bir necha guruh bosqichlariga va liniya izlash bosqichlariga ega. Elektr bilan taʼminlash qurilmalari toʻgʻrilagichlar, akkumulyator batareyalari, avtokommutatsiya batareyalari, elektr styalar va boshqa komplektlardan iborat. Hozir Telefon stansiyasi da asosan kvazielektron, elektron, uyali va raqamli usullar qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda Toshkent (Toshkent telegraftelefon styasi) va Nukus shaharlarida, barcha viloyatlar markazlarida va ayrim tumanlarda Telefon stansiyasilari mavjud. Ularning faoliyatini "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi boshqarib turadi.