Tektonik xaritalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tektonik xaritalar - Yer poʻstining strukturasini tasvirlovchi, Yerni butunicha yoki uning asosiy rivojlanish etaplarini alohida regionlar doirasida aks ettiruvchi xaritalar. Tektonik xaritalar geofizik va boshqa maʼlumotlardan foydalanib, geologik xaritalar asosida tuziladi. Tektonik xaritalarni 2 asosiy toifaga: strukturaviy va xususiy Tektonik xaritalarga boʻlish qabul qilingan. Struktura xaritalari tektonik strukturalarning morfologiyasini aks ettiradi, Tektonik xaritalar esa morfologiyadan tashqari shu strukturalarning shakllanish tarixini, ularning rivojlanish bosqichlari va davrlarini ochib beradi, magmatizmning tektonika bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Xususiy Tektonik xaritalar orasida bir necha xil xaritalar farq qilinadi: oddiy tektonik, paleotektonik, mavzuli va ixtisoslashtirilgan (mas., seysmotektonik) xaritalar. Ushbu xaritalardan har biri obzorli (1: 2000000 va kichikroq) va regional (odatda, 1:200000 dan 1:1000000 gacha) xaritalarga boʻlinadi. Tektonik xaritalar avval kichik masshtabli tektonik sxemalardan foydalanilgan. Shunday sxemalardan dastlabkisi Fransiya va Shveysariyaning Yura togʻlari tektonik sxemalaridir (A. Gresli, 1838). 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida E.Zyuss, F. Kosmat, M. Bertran va boshqalarning asarlarida shunga oʻxshash sxemalar juda keng Tapkalgan. Rossiyada 1930ylarda A.D.Arxangelskiy, N.S.Shatskiy, D.V.Nalivkin va boshqa kichik masshtabdagi tektonik sxemalar tuzishgan. 20-asrning 2yarmidan boshlab umuman Yer yuzi, ayrim materiklar, mamlakatlar (Rossiya, XXR, Polsha, Chexiya, AQSH, Kanada, Avstriya, Venesuela, Meksika, Turkiya va boshqalar)ning Tektonik xaritalar nashr etildi. Dunyo xaritasi boʻyicha Xalqaro komissiya qoshida rus olimlari boshqaruvida Tektonik xaritalar boʻyicha kichik komissiya tuzilgan boʻlib, ular tomonidan Yevropa va dunyo Tektonik xaritalar (1980) tuzidsi. Materiklar va yirik davlatlarning Tektonik xaritalar esa 1:1000000 — 1:2000000 masshtabda, ayrim regionlarning Tektonik xaritalar esa 1:250000 — 1:500000 masshtabda tuziladi. Turli masshtabdagi Tektonik xaritalarda strukturalarning morfologiyasi, rivojlanish tarixi va genezisi, tektonik rejim va uning vaqt davomida oʻzgarishi mumkin qadar toʻlaroq aks ettirilishi kerak. Tektonik xaritalarda struktura shakllari bilan birgalikda choʻkindi va magmatik jinslarning formatsiyasi, metamorfizm fatsiyalari tasvirlanadi. Tektonik xaritalarda Yer poʻstining maʼlum bir uchastkasiga oid tektonik maʼlumotlar sintezi sifatida tektonik rayonlashtirish oʻz ifodasini topadi. Hozirgi Tektonik xaritalarda ajratilgan tektonik birliklarning (tabiiy tektonik rnlar uchun) asosiy belgilari burmalanish yoshi va tektonik rejimlar (evgeosinklinal, miogeosinklinal, orogen va boshqalar)dir. Maxsus Tektonik xaritalarda ayrim tektonik elementlargina tasvirlanadi. Foydali qazilmalarning bashoratlash xaritalarini tuzish va qidiruv ishlarini rejalashtirishda Tektonik xaritalardan keng foydalaniladi.