Tektitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tektitlar (yun. tektos — erigan) — turli shakl va kichik oʻlchamdagi, usti notekis oʻydimchizikli yashil, sariq yoki kora rangdagi, butunligicha, erigan xarakterli skulptura koʻrinishiga ega boʻlgan silikatli shisha jismlar. T.da SiO2—88,5% gacha, A12O320,5%, GʻeO11,5%, SaO8,5%. Muhim elementlardan Ni boʻlib, boshqa shishalarga nisbatan tarkibida suv kam boʻladi. T. magnitlanish xossasiga ega emas. Bu T.ning juda yuqori tra va uzok, vaqt qizishidan hosil boʻlganligini bildiradi. "T." termini avstraliyalik geolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan (1900), uni erigan meteorit deb hisoblagan. Oʻtmishda T.ga taalluqli koʻpgina afsonalar toʻqilgan; ular moʻʼjizali atributlar, tumorlar boʻlib xizmat qilgan va tabobatda ham foydalanilgan. T. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda topilgan. T.ning xillari topilgan geografik joyiga qarab nomlangan: irgizitlar va jamanshinitlar (Irgiz daryosi va Janubiy Uraldagi Jamanshinit yerlari), moldivit (Janubiy Chexiya, Janubiy Germaniya), filippinitlar (Filippin o.lari), indoshinitlar (Hindixitoy), avstralitlar (Avstraliya va Tasmaniya) va boshqa Eng yirik T. (ogirligi 3,2 kg) Laosda topilgan. Oʻrtacha zichligi 2,4 g/sm³. T. paleogenantropogenli yotqiziqlarda yoki Yer yuzasining vulkanlar kelib chiqishi istisno boʻlgan oblastlarida uchraydi. T. tabiiy tarkalgan joyidan tashqarida faqat madaniy qatlamlarda (mas., diniy buyum sifatida) uchraydi. Hozirgiga qadar T.ning kelib chiqishi haqidagi umum qabul qilingan gipotezalar maʼlum emas. Baʼzilarning fikricha, T. meteorit; boshkalar esa ularni meteorit, asteroid yoki kometalarning yerga tushishi natijasida hosil boʻlgan deb taxmin qilishadi. Oʻta xarakterli skulpturaga ega. Vulkanli shishalardan farkli oʻlaroq, T.da kristallitlar deyarli yoʻq va gaz pufakchalari nisbatan kam boʻladi.