Hajmdor ip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Teksturalangan Ipdan yoʻnaltirildi)

Hajmdor ip — tabiiy va sunʼiy toʻqimachilik tolalaridan hajmiyroq va choʻziluvchanroq qilib boʻshgina yigiriladigan (teksturlangan) ip. Bir necha yakka tolani qoʻshib yigirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Oddiy toʻqimachilik ipidan momiqroq strukturasi, katta solishtirma hajmi, buramadorligi, elastik choʻziluvchanligi bilan farq qiladi. Iplarining tarkibi boʻyicha bir jinsli (mas, paxta, jun, ipak, vis-koza va boshqalar) va aralash (mas, zigir atsetat-lavsan, viskozani burab yigirilgan) boʻlishi mumkin. Hajmdor ipdan havoni yaxshi oʻtkazadigan, gigrosko-pikligi yuqori, osongina buklanuvchan gazlama va trikotajlar, paypoq, sunʼiy moʻyna va boshqa tayyorlanadi.