Tekrur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tekrur — Gʻarbiy Afrikadagi (Senegal daryosi havzasi) davlat (mil. 1ming yillik oʻrtasi — 15-asr). 11-asrning 2choragidan islom dini davlat diniga aylana boshlagan; 11 —13-asrlarda ravnaq topgan. 13-asr oxirida Mali davlatining siyosiy taʼsir doirasiga tortilgan. 14—15-asrlarda koʻp mulklari parchalanib ketgan, 15-asrning 2yarmida ularning bir qismi Jolof davlati, qolgani 15-asr oxiri — 16-asr boshida Songay tarkibiga kirgan.