Tekis oʻzgaruvchan harakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tekis O‘zgaruvchan Harakatdan yoʻnaltirildi)

Tekis oʻzgaruvchan harakat - harakat davomida tezlanishning son qiymati oʻzgarmasdan qoladigan harakat. Bunda harakat tezligi ixtiyoriy tanlab olingan teng vaqtlar orali gida bir xil miqdorda oʻzgarib boradi. Agar tezlik son qiymati jihatidan vaqt oʻtishi bilan ortib borsa, bunday harakat tekis tezlanuvchan harakat; kamayib borsa, tekis sekinlanuvchan harakat deb ataladi.