Kontent qismiga oʻtish

Tekfur

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tekfur – Vizantiya imperiyasi davrida Onadoʻli va Rumelida voliy darajasidagi boshqaruvchilar va xristian hukmdorlariga berilgan umumiy nom.

Tekfur arman tilidan olingan soʻz boʻlib, Usmonli turkchasida xristian hukmdorlarga berilgan unvondir. Soʻzning asli Takavor boʻlib, „qirol“ degan maʼnoni aglatadi. Vizantiya imperiyasida davlatning markazidan tashqaridagi shaharlarning mustaqil hokimlari Tekfur deb atalgan. Ularning maʼmuriy va harbiy vazifalari boʻlgan. Onadoʻli saljuqiylari va Usmonlilar imperiyasining hukmdorlari dastlabki davrlarida tekfurlar bilan juda yaqin aloqalar oʻrnatganlar. Tekfurlar turk bosqinlaridan oʻzlarini himoya qilish va oʻz mustaqilligini saqlab qolish uchun turklarga katta miqdorda soliq toʻlaganlar.

Baʼzi tekfurlar oʻz mavqeini saqlab qolish uchun turk qoʻmondonlari va beylari bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrnatishga harakat qilishgan. Shu sababdan koʻpchilik tekfurlaR qizlarini turk qoʻmondonlariga yoki ularning oʻgʻillariga kelin qilib berishardi. Tekfurlar orasida musulmonlikni qabul qilganlari ham bor edi. Harmankaya tekfuri Köse Mihal musulmonlikni qabul qilganlar orasidagi eng mashhuridir.

Vizantiya imperiyasi qulagach, maʼmuriyatdagi tekfur atamasi ham tarix sahnasidan oʻchib ketdi.