Tehron konferensiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Tehron konferensiyasi (1943) — Ikkinchi jahon urushi davridagi 3 ittifoqchi davlat rahbarlarining konferensiyasi. SSSR (I.V. Stalin), AQSH (F. Ruzvelt) va Buyuk Britaniya (U. Cherchill) qatnashgan. 28 noyabr — 1 dekabrda Texron (Eron)da boʻlgan. Germaniyaga qarshi urushda birgalikda harakat qilish va 3 davlatning urushdan keyingi hamkorlik aloqalari haqida Deklaratsiyalar hamda 1944-yil 1 mayidan kechiktirmasdan Yevropada 2front ochish, Polshaning urushdan keyingi chegaralari haqida va boshqa qarorlar qabul qilingan. SSSR delegatsiyasi ittifoqchilar istaklarini inobatga olib, Germaniya armiyasi tormor etilgandan soʻng, Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qilishga vaʼda bergan.