Tegirmon gazkondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tegirmon Gazkondensat Konidan yoʻnaltirildi)

Tegirmon gazkondensat koni — Buxoro viloyatidagi Olot temir yoʻl stansiyasidan 20 km jan.sharkda joylashgan. Kon 1976-yilda ochilgan. T.g.k. Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismida, Dengizkoʻl zanjirsimon koʻtarilmasining shim.gʻarbiy yoʻnalishdagi egilgan qismida joylashgan. Yuqori yura ohaktoshlari shipi boʻyicha tegirmon burmasi 2 mustaqil — sharqiy va gʻarbiy tegirmon qubbalariga boʻlingan. T.g.k.da 3 quduq qazilgan boʻlib, ularda yuqori yura karbonat yotqiziklaridagi sanoat ahamiyatiga molik gaz mavjud. Yura yotqiziklari 3 qalin qatlamga boʻlingan: terrigen, karbonat va tuzangidrit. Terrigen jinslar kumirli argillit, kumtosh va alevrolitlardan (qalinligi 102 m) iborat. Karbonat katlamning (342–362 m) mahsuldor qismi gorizontlarga bulingan. Gaz, asosan shu gorizontlarda uchraydi. Gorizontlar yuqori gʻovakli kesaksimon teksturali — suvoʻtli ohaktoshlardan tuzilgan boʻlib qatlamkollektorlarni hosil qiladi. Gorizontlardagi gaz quruq va yengil. Gorizontlarda kondensat uyumi ham uchraydi. Ayrim gorizontlardagi qatlam suvlari xloridkaltsiy tipiga mansub boʻlib, minerallashgan, sedimentatsion metamorflashgan namakobdan iborat. Kon hozirgi kunda sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.