Tefiya
Qiyofa
![]() | Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Tefiya — Saturn sayyorasining yoʻldoshlaridan biri. Yulduz kattaligi 10,6, diametri 1050 km, sayyoradan oʻrtacha uzokligi 295000 km. T. Saturn atrofini taxminan 2 sutkada aylanib chiqadi. T.ni 1684-yilda fransuz astronomi J.Kassini ochgan. Odissey krateri (kengligi 400 km) va 3 ming km ga choʻzilib ketgan Itaka kanoni bilan mashhur. T. Quyosh sistemasidagi oʻz yoʻldoshlari (oʻlchamlari 20 km dan boʻlgan Telesto va Kalipso)ga ega boʻlgan yoʻldoshdir. T. 1981-yil "Voyajer1", 1982-yilda "Voyajer2" kosmik apparatlari yordamida oʻrganilgan. T., asosan, muz xrlatidagi suvdan tashkil topgan. T. baʼzan Fetida, Tefis, Tetis deb xam ataladi (ya na q. Sayyoralar yoʻldoshlari).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |