Kontent qismiga oʻtish

Teenage Mutant Ninja Turtles (multserial)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Teenage Mutant Ninja Turtles
Janri jangari, sarguzasht, komediya, ilmiy fantastika
Yaratuvchi(lar) Lloyd Goldfine
Rejissyor
  • Chuck Patton (1—2-mavsum)
  • Roy Burdine (3—7-mavsum)
Ovoz berganlar
Tematik musiqa bastakori Norman J. Grossfeld
Russell Velazquez
Bastakor(lar)
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Mavsumlar soni 7
Qismlar soni 155
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
Prodyuser(lar) JoEllyn Marlow
Qism davomiyligi 21—23 daqiqa
Studiya(lar) Mirage Studios
4Kids Entertainment
Efirga uzatilishi
Telekanal Fox (1—6-mavsum)
The CW (7-mavsum)
Translyatsiya davri 2003-yil 8-fevral (2003-02-08) 2009-yil 28-fevral (2009-02-28)

Teenage Mutant Ninja Turtles“ (talaffuzi: Oʻsmir mutant nindzya toshbaqalar) — superqahramonlar haqidagi multserial. Mirage Studios, 4Kids Entertainment studiyalari mahsuloti[1][2]. Kevin Eastman va Peter Laird yaratgan ayni nomdagi personajlar asosida ishlangan. Multserial 2003-yil 8-fevralda birinchi marta efirga uzatilgan va 2009-yil 28-fevralgacha berib borilgan. Bu vaqt davomida 7 ta mavsumga boʻlinib, jami 155 ta epizod tayyorlangan.

Mavsum Epizodlar soni Premyera
Birinchi Oxirgi Telekanal
1 26 2003-yil 8-fevral 2003-yil 1-noyabr Fox
2 26 2003-yil 8-noyabr 2004-yil 2-oktyabr
3 26 2004-yil 9-oktyabr 2005-yil 23-aprel
4 26 2005-yil 10-sentyabr 2006-yil 15-aprel
5 Ninja Tribunal 12 2006-yil 7-avgust 2008-yil 2-may
6 Fast Forward 26 2006-yil 29-iyul 2007-yil 27-oktyabr
7 Back to the Sewer 13 2008-yil 13-sentyabr 2009-yil 28-fevral The CW
Turtles Forever 2009-yil 21-noyabr
Leonardo nindzyalar bilan jang qilyapti („Shredder Strikes Back: Part One“ epizodidan).
Asosiy
  • Donatello (Sam Riegel) — bilimdon, oqil toshbaqa. Turli-tuman gadjetlar yaratish bilan shugʻullanadi. Binafsharang maska taqadi. Janglarda aso ishlatadi.
  • Leonardo (Michael Sinterniklaas) — toshbaqalar lideri; dovyurak, sadoqatli toshbaqa. Koʻk maska taqadi. Janglarda tigʻli qilich ishlatadi.
  • Raphael (talaffuzi: Rafael) (Greg Abbey) — tajovuzkor toshbaqa. Qizil maska taqadi. Janglarda say ishlatadi.
  • Michelangelo (talaffuzi: Mikelanjelo) (Wayne Grayson) — betashvish, muloyim toshbaqa. Boʻsh vaqtlarida komikslar oʻqishni, pitsa yeyishni, televizor tomosha qilishni xush koʻradi. Zargʻaldoq rangli maska taqadi. Janglarda nunchakidan foydalanadi.
  • Splinter (Darren Dunstan) — mutant kalamush, toshbaqalarning ustozi.
  • April O'Neil (talaffuzi: Eypril OʼNil) (Veronica Taylor) — inson; toshbaqalarning doʻsti. Oʻtmishda doktor Stockman (talaffuzi: Stokman) qoʻl ostida laborant boʻlib ishlagan. Multserial oxirida Casey Jones (talaffuzi: Keysi Jons) ga turmushga chiqadi.
  1. „4kids To Produce And Launch New Teenage Mutant Ninja Turtles Series“. 4kidsentertainment.com (2002-yil 7-may). 2006-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
  2. „4Kids Entertainment Annual Report 2002“ (2003-yil 31-mart). 2006-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.