Kontent qismiga oʻtish

Teddy Scholten

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Teddy Scholten
Scholten 1978-yilda
Scholten 1978-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Dorothea Margaretha van Zwieteren
11-may 1926-yil
Rijswijk, Niderlandiya
Taxallusi Thea van Zwieteren
Kelib chiqishi yakkaxon xonanda
Vafoti 8-aprel 2010-yil
The Hague, Niderlandiya
Janrlar pop musiqa
Kasbi xonanda, boshlovchi
Faoliyat yillari 1955–1975-yillar
Fuqaroligi Niderlandlar

Dorothea Margaretha „Teddy“ Scholten (qizlik familiyasi — van Zwieteren; 1926-yil 11-may — 2010-yil 8-aprel) — niderlandiyalik xonanda va teleboshlovchi boʻlgan[1]. U 1959-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Niderlandiya sharafini „Een beetje“ qoʻshigʻi bilan himoya qilib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgani orqali tanilgan.

1950-yilda Scholten The Coca-Cola kompaniyasi taklifiga binoan AQShdagi shou-dasturda chiqish qilgan[2]. U Amerika Qoʻshma Shtatlarida chiqish qilgan ilk niderlandiyalik estrada xonandalaridan biri boʻlgan.

1959-yilda u Willy van Hemert va Dick Schallies tomonidan yozilgan „Een beetje“ qoʻshigʻi bilan Nationaal Songfestival 1959 tanlovida gʻolib chiqqan[3]. Bu gʻalaba unga Fransiyaning Kann shahrida boʻlib oʻtgan 1959-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Niderlandiya sharafini himoya qilish huquqini bergan. U xalqaro hakamlar hayʼatidan jami 21 ball toʻplab, yakunda tanlov gʻolibiga aylangan. Bu Niderlandiyaning Eurovision qoʻshiq tanlovidagi ikkinchi gʻalabasi boʻlgan. „Een beetje“ qoʻshigʻi, shuningdek, fransuz („Un p’tit peu“), nemis („Sei ehrlich“), italyan („Un poco“) va shved („Om våren“) tillarida ham yozib olingan.

U turmush oʻrtogʻi Henk Scholten bilan birga bir nechta albomlar yozgan boʻlib, ularning koʻpchiligida bolalar uchun moʻljallangan qoʻshiqlar jamlangan edi. 1950–1960-yillar davomida u Niderlandiyaning ommabop televizion shoularida muntazam chiqishlar qilgan. 1965 va 1966-yillarda u Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun Niderlandiyaning milliy saralash bosqichi hisoblangan Nationaal Songfestival shousiga boshlovchilik qilgan[4].

Scholten 2010-yil 8-aprelda Gaaga shahrida 83 yoshida vafot etgan[5][6].

  1. „Teddy Scholten dies“. Expatica.com (2010-yil 12-aprel). 2013-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-aprel.
  2. „"Teddy Scholten zei al vele malen 'ja' tegen het leven"“. Qaraldi: 2015-yil 24-iyul.
  3. „Profile“. Diggiloo.net. Qaraldi: 2015-yil 24-iyul.
  4. Gollin, Rob. „Enthousiast met de revue bezig, maar 'hooguit een beetje' zangeres“ (nl). de Volkskrant (2010-yil 13-aprel). Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  5. „Zangeres Teddy Scholten overleden“ (nl). NU.nl (2010-yil 12-aprel). Qaraldi: 2020-yil 26-may.
  6. „Zangeres Teddy Scholten (83) overleden“ (nl). RTL Boulevard (2010-yil 12-aprel). 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
Mukofotlar va yutuqlar
Oʻtmishdoshi:
Fransiya André Claveau
„Dors, mon amour“ qo'shig'i bilan
Eurovision qo‘shiq tanlovi g‘oliblari ro‘yxati
1959
Vorisi:
Fransiya Jacqueline Boyer
„Tom Pillibi“ qo'shig'i bilan
Oldingisi Niderlandiya Eurovision qo‘shiq tanlovida
1959
Keyingisi