Kontent qismiga oʻtish

Teach For All

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Teach For All
Turi Notijorat tashkilot
Maqsadi Ta’limdagi tengsizlikka barham berish
Ishga tushgan sanasi 2007-yil
Joylashuvi New York, Washington, D.C., London, Doha, Hong Kong
Asoschi(lar)i Wendy Kopp va Brett Wigdortz
Vebsayti teachforall.org

Teach For All – oʻz mamlakatlarida taʼlim sifatini oshirishga intilayotgan mustaqil ijtimoiy tashkilotlarning global tarmogʻi. Ushbu tashkilotlar eng yaxshi universitet bitiruvchilarini ishga yollab, ularni 2 yil davomida kam taʼminlangan bolalarga dars berishga jalb qiladi. Tashkilot 2007-yilda „Teach For America“ bosh direktori Wendy Kopp va „Teach First“ bosh direktori Brett Wigdortz tomonidan taʼsis etilgan[1]. „Teach For All“ning maqsadi butun dunyo boʻylab taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.

„Teach For All“ 2007-yilda „Teach For America“ (AQSHdagi notijorat taʼlim tashkiloti) va „Teach First“ (Buyuk Britaniyadagi notijorat taʼlim tashkiloti) hamkorligida tashkil etilgan[1]. „Teach For All“ dastlab „Teach For America“ning loyihasi sifatida yaratilgan boʻlsa-da, hozirda alohida moliyalashtiriladigan mustaqil tashkilotga aylangan[1]. Tashkilotning bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgane[2]. Tashkilotning yillik byudjeti global jamgʻarmalar, korporatsiyalar va xususiy shaxslardan olingan 14,8 million dollarni tashkil etadi[3].

„Teach For All“ hozirda butun dunyo boʻylab 34 ta hamkor tashkilotga ega[3] va oʻz tarmogʻi doirasida 800 000 ga yaqin oʻquvchilarga taʼlim beruvchi 11 000 dan ortiq oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlamoqda[4]. Shuningdek, 80 ga yaqin mamlakatlardagi ijtimoiy tadbirkorlardan „Teach For All“ tarmogʻiga qoʻshilish boʻyicha soʻrovlar tushgan[3].

„Teach For All“ xalqaro fondlar va korporatsiyalardan koʻplab grantlar va xayriya mablagʻlarini qoʻlga kiritgan. Dastlabki hamkor McKinsey & Company kompaniyasi boʻlib, u Chilida tajriba tashkilotini tuzishga koʻmaklashgan[5]. 2009-yilda „Teach For All“ Skoll jamgʻarmasidan Ijtimoiy tadbirkorlik mukofotini hamda uch yil davomida har yili 765 000 AQSH dollari miqdorida xayriya olish kafolatini qoʻlga kiritdi[6]. Ushbu mukofot allaqachon sezilarli taʼsir koʻrsatgan tashkilotlarga beriladi.

2010-yilda „Teach For All“ Oracle korporatsiyasidan grant olgan[7]. Mazkur grant tashkilotning yangi mamlakatlarga kengayishiga yordam berishi kerak boʻlgan. Xuddi shu yili Deutsche Post DHL va „Teach For All“ tarmoqni moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydigan global hamkorlik toʻgʻrisida eʼlon qilishdi. Hamkorlikning asosiy maqsadi Argentina, Chili, Peru va Hindistondagi faoliyatni kengaytirishdan iborat boʻlgan. Bundan tashqari, ushbu hamkorlik Ispaniya va Braziliyadagi tashkilotlarning rivojlanishiga ham koʻmaklashishi koʻzda tutilgan[8].

Teach For All hozirda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida hamkor tashkilotlarga ega. Ushbu tarmoq doirasida Teach For All hamkorlari 65 000 dan ziyod o‘qituvchini ish bilan ta’minlagan va 6 million nafardan ortiq bolaning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan[9]. So‘nggi yillarda Teach For All hamkorlari har yili 1 150 000 dan ortiq bolalarga ta’sir ko‘rsatuvchi 16 000 dan ziyod o‘qituvchilarga ko‘maklashmoqda[10].

Aʼzo tashkilotlar ro‘yxati
Tashkilot nomi Mamlakat Asos solingan yil
Teach For Afghanistan  Afgʻoniston 2017
Enseñá por Argentina  Argentina 2009
Teach For Armenia  Armaniston 2013
Teach For Australia  Avstraliya 2009
Teach For Austria  Avstriya 2011
Teach For Bangladesh  Bangladesh 2012
Teach For Belgium  Belgiya 2013
Enseña por Bolivia  Boliviya 2020
Ensina Brasil  Braziliya 2016
Teach For Bulgaria  Bolgariya 2010
Teach For Cambodia  Kambodja 2017
Enseña Chile  Chili 2007
Teach For China  Xitoy 2010
Enseña por Colombia  Kolumbiya 2010
Teach First Danmark  Daniya 2015
Enseña Ecuador  Ekvador 2013
Noored Kooli (Youth to School)  Estoniya 2006
Teach For Ethiopia  Efiopiya 2021
Le Choix de l'école  Fransiya 2015
Teach First Deutschland  Germaniya 2008
Anseye Pou Ayiti  Gaiti 2015
Teach For India  Hindiston 2007
Teach For Italy  Italiya 2019
Teach For Japan  Yaponiya 2012
Teach For Kenya  Keniya 2020
Teach For Kyrgyzstan  Qirgʻiziston 2024
Iespējamā Misija (Mission Possible)  Latviya 2008
Teach For Lebanon  Livan 2008
Teach For Liberia  Liberiya 2019
Renkuosi Mokyti! (Let's Teach!)  Litva 2012
Teach For Malaysia  Malayziya 2011
Enseña por Méxìco  Meksika 2013
Teach for Mongolia  Mongoliya 2022
Teach For Morocco  Marokash 2019
Teach For Nepal    Nepal 2012
Ako Mātātupu: Teach First NZ  Yangi Zelandiya 2012
Teach For Niger  Niger 2025
Teach For Nigeria  Nigeriya 2017
Teach For Pakistan  Pokiston 2018
Enseña por Panamá  Panama 2015
Enseña por Paraguay  Paragvay 2019
Enseña Perú  Peru 2010
Teach for the Philippines  Filippin 2012
Teach For Poland  Polsha 2020
Teach For Portugal  Portugaliya 2019
Teach For Qatar  Qatar 2013
Teach For Romania  Ruminiya 2014
Teach For Senegal  Senegal 2021
Teach For Sierra Leone  Syerra-Leone 2020
Teach For Slovakia  Slovakiya 2014
Empieza por Educar  Ispaniya 2011
Teach For Sweden  Shvetsiya 2013
Teach For Thailand  Tailand 2013
Teach for Uganda  Uganda 2017
Teach For Ukraine  Ukraina 2017
Teach For Uzbekistan  Oʻzbekiston 2024
Teach First  Birlashgan Qirollik 2001
Teach For America  AQSh 1990
Enseña Uruguay  Urugvay 2014
Teach For Vietnam  Vyetnam 2017
Teach for Zimbabwe  Zimbabve 2020
  1. 1,0 1,1 1,2 History. (2010). Teach For All. (Wayback Machine saytida 2011-07-28 sanasida arxivlangan) Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (28-iyul 2011-yil) Retrieved 14 November 2010.
  2. [1] (Wayback Machine saytida 2013-09-28 sanasida arxivlangan) Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (28-sentyabr 2013-yil) Teach For All. NewProfit Inc. Retrieved 21 November 2010.
  3. 3,0 3,1 3,2 Beck, E. (2010) Project: Teach For All. Change Observer. (Wayback Machine saytida 2010-12-23 sanasida arxivlangan) Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (23-dekabr 2010-yil) Retrieved 14 November 2010
  4. Teach For All. Skoll Foundation. Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (14-iyun 2015-yil) Retrieved 17 November 2010.
  5. Kohut, M. (2010) Bringing Teach For America to Chile. Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (4-iyul 2017-yil) Harvard Kennedy School News. Retrieved 21 November 2010
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SKOLL2
  7. [2] Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (24-sentyabr 2015-yil) Oracle commitment grant: Teach For All. Oracle. Retrieved 21 November 2010
  8. Deutsche Post DHL and Teach For All launch global partnership. Financial. (Wayback Machine saytida 2013-04-22 sanasida arxivlangan) Retrieved 21 November 2010.
  9. Rayner, Christine (March 2015). “A Different Class”. DHL Magazine. Retrieved April 18, 2016
  10. Reuters (August 13, 2015). “Western Union Foundation Announces Grants Supporting Teach For All Education Programs across Several Countries”. Retrieved April 4, 2016