Tbilisi tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gruziya poytaxti Tbilisining tarixi V asrdan boshlanadi.Iberiya qirolligi qiroli shaharga asos solgandan beri Tbilisi koʻplab qirolliklar va respublikalarning poytaxti va asosiy koʻzga koʻringan shahri boʻlib kelmoqda. Rossiya hukmronligi ostida, 1801-yildan 1917-yilgacha u Tiflis deb nomlangan[1].

Dastlabki tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afsonalarda aytilishicha, hozirgi Tbilisining hududida 458-yilga qadar hech kim yashamagan va oʻrmon bilan qoplangan, Oʻrta asrlardagi Gruziya qaydlari shaharga Iberiya qiroli Vaxtang I Gorgasali tomonidan asos solinganligini koʻrsatadi.

Ammo mintaqani arxeologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Tbilisi hududi miloddan avvalgi 4-ming yillikdayoq odamlar tomonidan oʻzlashtirilgan. Shaharning joylashuvi toʻgʻrisida dastlabki yozma maʼlumotlar milodning IV asrining ikkinchi yarmida, podsho Varaz-Bakur davrida qalʼa qurilgan paytda (taxminan 364-yilda) qayd etilgan. IV asrning oxirlarida qalʼa forslar qoʻliga oʻtadi, ammo V asr oʻrtalarida Kartli shohlari tomonidan qaytarib olinadi.

Iberiya poytaxti[tahrir | manbasini tahrirlash]

VI asrning Tbilisida saqlanib qolgan eng qadimiy cherkov - Anchisxati Bazilikasi

Vaxtang Gorgasalining oʻgʻli va vorisi boʻlgan Shoh Dachi (VI asrning boshlari) Iberiya poytaxtini otasidan qolgan vasiyatlarga boʻysunish uchun Mtsxetadan Tbilisiga koʻchirgani aytiladi. Dachi oʻz hukmronligi davrida shaharning yangi chegaralarida joylashgan qalʼa devorini qurilishini ham tugatdi. VI asrdan boshlab Tbilisi shahri mintaqani qulay joylashganligi tufayli barqaror surʼatlarda oʻsishni boshladi, bu omil shaharni Yevropa va Osiyo oʻrtasida muhim savdo va sayohat yoʻllari ustidagi eng gavjum shaharlardan biriga aylanishiga olib keldi.

Biroq, bu shahar siyosiy jihatdan ham strategik edi va aksariyat yirik mintaqaviy kuchlar keyingi asrlarda shahar ustida oʻz nazorati uchun kurash olib borishgan. VI asrda Fors va Vizantiya imperiyasi Kavkaz ustidan bunday gegemonlik uchun asosiy daʼvogar kuchlardan biri boʻlgan. VI asrning ikkinchi yarmida Tbilisi asosan Sosoniylar (fors) nazorati ostida qolgan va Iberiya qirolligi 580-yillarga kelib yoʻq qilindi. 627-yilda Tbilisi ittifoqdosh Vizantiya va Xazar qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilindi.

Tbilisi amirligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eski Tbilisi shahri va qadimiy Narikala qalʼasi

737-yil atrofida arab qoʻshinlari shaharga Marvon II Ibn Muhammad boshchiligida kirib kelishdi va shaharni ishgʻol qilishdi. Arab istilochilari Tbilisi amirligini tashkil etishdi. Arablar hukmronligi mintaqaga maʼlum bir tartibni olib keldi va Gruziyada yanada rasmiy va zamonaviylashtirilgan sud tizimini joriy qilindi, Tbilisi esa butun Yaqin Sharq bilan savdo-sotiq ishlarini olib borishdan rivojlandi[2][3]. Arablar hukmronligi shaharning madaniy rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda kam boʻlsa ham gruzinlar Islomni qabul qildilar, ammo Tbilisi asosan musulmonlar shahariga aylandi.

764-yilda Tbilisi shahri Xazarlar tomonidan bosib olindi va arablar nazoratidan yana Xazarlar hukmronligiga oʻtdi. Amirlik nufuzli mahalliy davlatga aylandi va bir necha bor xalifalikdan mustaqillikka erishishga harakat qildi. 853-yilda arablar yetakchisi Bugʻa al-Kabir (Gruziya manbalarida Bugʻa turk) qoʻshinlari amirlikni Abbosiylar xalifaligi nazorati ostiga qaytarish uchun Tbilisiga bostirib kirganlar. Tbilisida arablar hukmronligi XI asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan, Gruziyaning yangi qirolligining shaharni egallashga qaratilgan harbiy urinishlari uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatsiz tugagan. Ammo amirlik hajmi jihatidan kichrayib borgan, amirlarning hokimiyati kuchsizlanib borgan va „oqsoqollar kengashi“ (mahalliy savdogar oligarxiya) koʻpincha shaharda hokimiyatining boshqarilishini oʻz zimmasiga olgan. 1068-yilda shahar yana bir bor qamal qilindi[4]. Shahar saljuqiy Sulton Alp Arslon tomonidan qamal qilingan.

Gruziyani qayta zabt etilishi va Uygʻonish davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻgʻullar hukmronligi va keyingi beqarorlik davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. David Marshall Lang (1958), The last Years of the Georgian Monarchy, 1658-1832, pp. 227-230. NY: Columbia University Press.
  2. Ronald Grigor Suny. The Making of the Georgian Nation. Indiana University Press, 1994 — 29 bet. ISBN 978-0-253-20915-3. 10-may 2012-yilda qaraldi. 
  3. Barbara A. West. Encyclopedia of the Peoples of Asia and Oceania. Infobase Publishing, 2010 — 231 bet. ISBN 978-1-4381-1913-7. 
  4. Suny1994, p. 35