Tbilisi davlat universiteti
Tbilisi davlat universiteti | |
---|---|
![]() | |
Asl nomi | gruzincha: თბილისის ივანე ჯავახიშვილის სახელობის სახელმწიფო უნივერსიტეტი |
Xalqaro nomi | Ivane Javakhishvili Tbilisi State University |
Asos solingan | 1918-yil, fevral |
Rektori | Aleksandr Kvitashvili |
Manzili | Tbilisi, Chavchavadze shoh koʻchasi, 1 |
Vebsayti | http://www.tsu.ge/ |
Koordinatalari: 41°42′36.000000000003″N 44°46′41.999999998807″E / 41.71000000000000085°N 44.77833333333300203°E G O
Tbilisi Davlat Universiteti (gruzincha: თბილისის ივანე ჯავახიშვილის სახელობის სახელმწიფო უნივერსიტეტი) - Ivan Javaxishvili nomidagi Tbilisi universiteti Gurjistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biridir. 1918-yilda tarixchi olim va akademik I.A.Javaxishvili boshchiligidagi gruzin olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1930-yillarda Tbilisi Davlat Universiteti negizida qishloq xoʻjaligi, politexnika, pedagogika, tibbiyot institutlari, shuningdek bir qancha ilmiy tayyorgarlik muassasalari tashkil topgan. 1990-yili mustaqil ilmiy oʻquv muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, psixologiya, geologiya, falsafa, geografiya, tarix, filologiya, iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 millionga yaqin asarlar bor. 35 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |