Tayvanda Islom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tayvanda islom dinidan yoʻnaltirildi)
Taypey masjidi

Tayvanda islom dini kam sonli dinlardan biri boʻlib, aholining taxminan 0,3 % ni tashkil qiladi. 2007-yilda Tayvanda 45 000 ga yaqin musulmon fuqarosi va 88,5 ming Tayvanda ishlayotgan indoneziyalik musulmonlar roʻyxatga olingan[1][2]. Tayvanda oltita masjid bor, ulardan eng mashhuri Taypey masjididir. Ayni paytda tayvanlik musulmonlarning aksariyati musulmonlarga turmushga chiqqan, dinini qabul qilgan ayollardir.

Migratsiyaning birinchi toʻlqini[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom birinchi marta Tayvanda XVII asrda, Xitoyning janubidagi Futszyan provinsiyasidan musulmon oilalar Tayvanda qoʻnim topgan paytda paydo boʻlgan. Ular orolga 1661-yilda golland mustamlakachilariga qarshi kurashgan Chjen Chengun bilan kelishdi. Oʻsha koʻchmanchilarning avlodlari mahalliy aholi bilan assimilyatsiya qilingan. Tayvanda oʻzining diniy oʻziga xosligini yoʻqotgan, biroq baʼzi anʼanalarini saqlab qolgan xuey avlodlari ham bor. Xitoy musulmonlari uyushmasi bu odamlarni musulmon deb biladi[3].

Migratsiyaning ikkinchi toʻlqini[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmonlar migratsiyasining ikkinchi toʻlqini XX asrda Xitoy fuqarolar urushi davrida sodir boʻldi. 1949-yilda 20 mingga yaqin musulmon oilalari kommunistlardan Tayvanga qochib ketishdi. Ularning aksariyati harbiylar va davlat xizmatchilari edi. 1980-yillardan boshlab Myanma va Tailanddan musulmonlar oqimi kuzatilmoqda.

Qonunchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tayvan qonunlariga koʻra, ish beruvchilar musulmon ishchilarni choʻchqa goʻshtiga aloqador ishlar qilishga majbur qilsalar, jarimaga tortilishi mumkin[4].

Masjidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil holatiga koʻra, Tayvanda oʻn bitta masjid mavjud. Ayni paytda Taypey shahar hukumati Turkiya hukumati bilan hamkorlikdagi uchinchi masjidni qurishni rejalashtirmoqda. Ularning tashkil etilgan sanasi ketma-ketligi quyidagicha:

  • Taypey masjidi
  • Kaosiung masjidi
  • Taypey madaniy masjidi
  • Taychung masjidi
  • Longgang masjidi
  • Tainan masjidi
  • Al-Taqvo masjidi
  • Baytul Muslimin masjidi
  • An-nur Tongkang masjidi
  • Hualien al-Falah masjidi.

Yuqoridagi masjidlardan tashqari Tayvandagi jamoat joylarining koʻpida namozxonalar tashkil etilgan.

Tayvanning taniqli musulmonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bay Chunsi — xitoylik general.
  • Chan Dunshen (1908-1986) — xitoy jang sanʼati ustasi.
  • Bay Syanyun — yozuvchi.
  • Lyu Vensyun — siyosatchi.
  • Ma Butsin (1901-1977) — dala komandiri.
  • Ma Chensyan (1914-1991) — milliy inqilobiy armiya generali.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „China (includes Taiwan only)“. Qaraldi: 2012-yil 23-noyabr.
  2. „アーカイブされたコピー“. 2007-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 19-noyabr.
  3. Peter G. Gowing. „Islam in Taiwan“. SAUDI ARAMCO World (iyul/avgust 1970). 2014-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Na Tayvane rabochix-musulmanok zastavlyali est svininu Islam dlya vsex. 30.08.2010