Tayanch yulduz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tayanch yulduz — koordinatalari aniqlanishi kerak boʻlgan osmon obʼyektlari (mayda sayyora, kometalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari) atrofida tanlab olingan va koordinatalari maʼlum boʻlgan yulduz. Kosmik navigatsiya masalalarini hal qilishda (astronomik usul) moʻljal vazifasini bajaradi. Quyosh, sayyoralar va eng yorugʻ yulduzlar Tayanch yulduz boʻla oladi. Masalan, eng qulay Tayanch yulduz osmonning janubiy yarim sharidagi Kanopus yulduzidir; u ekliptika tekisligiga perpendikulyar boʻlgan chiziq yaqinida joylashgan.