Tavrlar
Tavrlar — Qrimning jan. qismi (Tavrika)ning eng qad. aholisi (mil. av. 9-asr — mil. 4-asr). Xoʻjaligi: chorvachilik, ovchilik, baliq ovlash, toʻqimachilik, jez quyish. T. qabilalari mustahkamlangan qishlokdarda yashashgan. Xersones, Bospor podsholigiga qarshi kurashishgan. Mil. 1-asrdan qoʻshni xalqlar (tavroskiflar va boshqalar) bilan aralashib ketgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |