Tavanxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tavanxona — toʻy va ziyofatlarda mehmonlarga patnis tuzaladigan, sovgʻasalomlar, toʻyonalar, tavanlar qabul qilib olinadigan maxsus xona. T. Xorazmda qasnoqxona, Janubiy Oʻzbekistonning ayrim tumanlarida esa, sharvatxona ham deyiladi. Tavanlarni qabul qilish, mehmonlarga patnis tuzash uchun T.ga boshliq qilib qoʻyilgan ayol — "tavanboshi", "tavanchi" deb atalgan.