Tatyana Yumasheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatyana Yumasheva
Tavalludi
Tatyana Borisovna Yelsina

1960-yil 17-yanvar
Sverdlovsk, RSFSR
Fuqaroligi Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Valentin Yumashev
Bolalari Boris (1981-yilda tug'ilgan), Gleb (1995-yilda tug'ilgan), Mariya (2002-yilda tug'ilgan)
Otasi Boris Yelsin
Onasi Naina Yelsina

Tatyana Borisovna Yumasheva (ruscha: Татьяна Борисовна Юмашева; 1960-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yelsin va Naina Yelsinaning kenja qizi. 2009-yildan beri Yumasheva Avstriya fuqarosi.

Hayoti va ta‘lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yilda MDUning hisoblash matematikasi va kibernetika fakultetini tamomlagan.  1994-yilgacha Tatyana Salyut konstruktorlik byurosida, keyinroq Xrunichev nomidagi davlat ilmiy-ishlab chiqarish kosmik markazida ishlagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilda Yelsin uni oʻzining shaxsiy maslahatchisi qilgan vaqtda, uning saylov kampaniyasi sustlashgan edi[2]. „The New York Times[3] xabar qilganidek, Yelsin yozgan xotira kitobida 1996-yilda „Kommunistik partiyani taqiqlash, parlamentni tarqatib yuborish va prezidentlik saylovlarini keyinga qoldirish“ga qarshi maslahat bergani aytiladi. U, ayniqsa, Yelsin 1996-yil oxirida yurak jarrohligidan tuzalib ketishida katta taʼsir koʻrsatgan. U „Oila“ deb nomlanuvchi kichik maslahatchilar guruhining poydevorini qo‘ygan, ammo boshqalar (guruhdagi Aleksandr Voloshin va Valentin Yumashev) Yelsinning qarindoshlari boʻlmagan[4]. Boris Berezovskiy va boshqa oligarxlar ham guruhga kiritilgan.

2000-yilda uning ismi korrupsiya boʻyicha tergov paytida tilga olingan, ammo hech qanday ayblov qoʻyilmagan[5]. Tatyana Yelsinning vorisi Vladimir Putinning shtabida ham ishlagan va 2000-yilgi saylov kampaniyasi paytida Putinning asosiy maslahatchisi bo‘lgan[6], biroq Putin oʻsha yilning oxirida uni ishdan boʻshatdi.

Tatyana 2003-yilda 1996-yilgi kampaniyadagi AQSh siyosiy maslahatchilarining haqiqiy tajribalariga asoslangan „Spinning Boris“ satirik komediyasida tasvirlangan[7].

U va Yumashev otasining esdaliklarining soʻnggi jildini „Yarim tungi kundaliklar“ ni tayyorlashda tahririyatga yordam koʻrsatdilar[8].

2022-yil 25-fevralda Yumasheva 2022-yilgi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini tanqid qildi[9].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Yumasheva1987-yilda ishbilarmon Aleksey Dyachenko bilan turmush qurgan. Aleksey 2008-yildan beri Putin hukumati tomonidan tergov qilinayotgan Urals Energy kompaniyasining bosh direktori boʻlgan[10]. 2001-yilda Tatyana 1997-1998-yillarda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari boʻlgan jurnalist va siyosatchi Valentin Yumashevga turmushga chiqqan[11]. Tatyana boshqa multimilliarder Roman Abramovichning yaqin doʻsti.

Yumasheva eri Valentin va qizi bilan birga 2009-yildan beri Avstriya fuqarosi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kirillov, Vladimir (2002). "Khrunichev Center – Leader of the Russian Space Sector". Eksport Vooruzheniy (Centre for Analysis of Strategies and Technologies) (3). Archived from the original on 17 July 2011. https://web.archive.org/web/20110717062207/http://mdb.cast.ru/mdb/3-2002/mas/kclrss/. Qaraldi: 15 May 2007. Tatyana Yumasheva]]
  2. „Rescuing Boris“. Time (1996-yil 15-iyul). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-may.
  3. Tyler, Patrick E.. „How Yeltsin Nearly Scuttled Democracy in Russia“. The New York Times (2000-yil 8-oktyabr).
  4. „Russia's Puppet Master“. Time (1999-yil 23-avgust). 2007-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-may.
  5. Quinn-Judge, Paul. „Survival Of The Fittest“. Time. Moscow: Time Warner (1999-yil 16-may). 2011-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-may.
  6. Quinn-Judge, Paul. „The Ice-Cold Strategy“. Time. Time Warner (2000-yil 5-mart). 2009-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-may.
  7. Poniewozik, James. „Television: Moscow on the Hustings“. Time (2004-yil 15-mart). 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-may.
  8. Osnos, Peter. „Mother Russia's Guiding Hand“. The Washington Post (2007-yil 25-aprel). 2017-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  9. Roth, Andrew. „Prominent Russians join protests against Ukraine war amid 1,800 arrests“. The Guardian. Moscow: Guardian Media Group (2022-yil 25-fevral). Qaraldi: 2022-yil 1-mart. „And on Friday afternoon, Lisa Peskova, the daughter of Kremlin spokesman Dmitry Peskov, took to Instagram to post a simple message on a black background: #Нетвойне, or "No to war." So did Tatyana Yumasheva, the daughter of Boris Yeltsin.“.
  10. „Yumasheva Tatyana Borisovna / rutelegraf.com“ (en). rutelegraf.com. Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
  11. Yeltsin Hunts for Fountain of Youth, THE MOSCOW TIMES | Article from The Moscow Times (Russia)] | HighBeam Research
  12. „Jelzin-Tochter hat österreichische Staatsbürgerschaft erhalten“ (de). Der Spiegel (2013-yil 25-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.