Tatevi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tatevi — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik, i.t. intida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, E. L. Martirosyan). Tupi kuchli usadi. Barglari oʻrtacha, toʻgarak, besh boʻlmali.

Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, silindrsimon, tigʻiz yoki oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi juda yirik, yumaloq, pushti, usti mum/ubor bilan qoplangan. Poʻsti qalin. Eti goʻshtdor, sersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3380° boʻlganda 158— 162 kunda pishadi. Novdalari yaxshi yetiladi. Sovuqqa chidami past. Hosildorligi 165—195 s/ga.