Zaruriyat va tasodif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tasodifdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Zaruriyat va tasodif - borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy tushunchalar. Zaruriyat — narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi, ularning ichki qonuniyatini ifoda qiladi. U muayyan sharoitda yuz berishi muqarrar boʻlgan voqea yoki hodisadir. Tasodif — narsa va hodisalarning ichki tabiati bilan boglik boʻlmagan, tashqi taʼsir, yuzaki va ikkinchi darajali, oʻtkinchi tomonini ifoda etadi. U yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin. 3. va t. borliqdagi oʻzaro bogʻliq boʻlgan, biri ikkinchisiz mavjud boʻlmaydigan narsa va hodisalarning oʻzgarish va rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular oʻzaro bogʻliq va oʻziga xos xususiyatlari bilan birbiridan tubdan farq qiladi. Zaruriyat, birinchidan, hodisalarning oldingi taraqqiyoti orqali qonuniy tayyorlangan boʻladi, ikkinchidan, uning sababi oʻzida boʻlib, u mazkur narsa va hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi; uchinchidan u narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklaridan kelib chiqadi; toʻrtinchidan, zaruriyat yuz berishi muqarrarlik xususiyatiga ega boʻlib, albatta, yuz beradi; beshinchidan, u doim qonuniyat bilan bogʻliq boʻlib, umumiy tipik harakterga ega.

Tasodif ham sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, narsa va hodisaning oʻzida emas, balki undan tashqarida boʻladi. Tasodifning oʻziga xos xususiyatlari kuyidagilar: birinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanishi davomida emas, balki turli tashki jarayonlarning taʼsirida sodir boʻladi; ikkinchidan, borlikdagi nomuhim bogʻlanishlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanish mayllarini belgilab bermaydi, shunga koʻra u muqarrar emas, toʻrtinchidan, tasodif umumiy emas, balki yakka xususiyatga ega; beshinchidan, tasodif krnuniyat bilan bogʻliq emas. Tasodiflarni oldindan aytib berish mumkin emasligi uni, goʻyoki, sababiyat tamoyiliga zidga oʻxshaydiganday qilib qoʻyadi. Aslida, tasodifiy voqealar, garchi aniq maʼlum boʻlmasa ham, real mavjud boʻlgan muayyan shartsharoit va sabablar oqibatidir. Ular betartib ravishda, hech narsa yoʻq joydan paydo boʻlmaydi, ularning kelib chiqishi imkoniyati, garchi katʼiy ravishda boʻlmasa ham, oʻzining sababiy asoslariga ega. Bu koʻp miqdordagi bir xil tasodifiy hodisalarni oʻrganish natijasida payqab olinadi va matematik statistika apparati yerdamida ifodalanadi. 3. va t. oʻzaro bogʻliqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida yashiringan boʻlgani kabi zaruriyat ham tasodiflar tizimida, ularning takrorlanishida mavjud boʻladi, ular birbirisiz, alohidaalohida mavjud boʻla olmaydi. Ijtimoiy munosabatlarda zaruriyat bilan tasodif nisbatini toʻgʻri anglash jamiyat hayotining obʼyektiv taraqqiyot qonunlarini bilib olish va amalda qoʻllashning asosiy shartidir. Chunki ijtimoiy taraqqiyotning obʼyektiv yoʻnalishi oʻzining muayyan maqsad va intilishlariga ega boʻlgan alohida shaxslar, ijtimoiy guruxdar faoliyatida amalga oshadi. 3. va t.ni birbiridan farq qilishda har doim tayin sharoitni hisobga olish zarur. Borliqdagi hamma narsa va hodisalar oʻzlarining oʻzgarish va rivojlanishi jarayonida doim ham zaruriy, ham tasodifiy aloqadorliklarni oʻz ichiga oladi. Ularni oʻrganish va bilib olishda bu aloqadorliklarni oʻzaro chalkashtirib yubormaslik lozim. Shuning uchun kishilar oʻzlarining amaliy va ilmiy faoliyatlarida 3. va t.ning obʼyektivligini va aloqadorligini nazarda tutishi goyat muhimdir. Fanning vazifasi narsa va hodisalar tizimida yashirinib yotgan, insonga nomaʼlum boʻlgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va bu tizimdagi tashki tasodiflarni aniqlashdan iborat. Borlikda qatʼiy zaruriyat doimo tasodiflar tizimida hukmronlik qilib, tadqiqotchi oʻz ilmiy faoliyati jarayonida tasodifiy hodisalar tizimida mavjud boʻlgan zaruriyatni kashf etishga intiladi. Turli koʻrinishda mavjud boʻlgan tasodiflarni chuqur tadqiq qilish, ularning birbirlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizimida mavjud boʻlgan, lekin yashirinib yotgan zaruriyatni ochish insonlarning ham nazariy, ham amaliy faoliyati uchun katta ahamiyatga molik.

Abdulla Ayupov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil