Tashqi (periferik) qurilma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Periferik qurilma (inglizcha: peripheral) — kompyuterga maʼlumot kiritish yoki undan chiqarish imkonini beruvchi uskunadir[1].

Periferik qurilmalar tizimning ishlashi uchun ixtiyoriy boʻlishi va kompyuterdan uzilishi mumkin. Biroq, koʻpgina kompyuterlar periferik qurilmalar bilan ishlatiladi.

Periferik qurilmalar uch turga boʻlinadi:

  • kiritish qurilmalari — kompyuterga axborot kiritish uchun foydalaniladigan qurilmalar: sichqoncha, grafik planshet, sensorli panel (tachpad), sensorli ekran, mikrofon, skaner, veb-kamera, videoga olish moslamasi, televizor tyuneri, klaviatura;
  • chiqarish qurilmalari — kompyuterdan axborot chiqarish uchun foydalaniladigan qurilmalar: akustik tizim, printer, monitor;
  • saqlash qurilmalari (kiritish/chiqarish) — kompyuter tomonidan qayta ishlangan maʼlumotlarni toʻplash uchun ishlatiladigan qurilmalar: qattiq disk (HDD), floppi disk (FDD), lenta xotirasi, USB flesh -xotira.

Baʼzida bitta periferik qurilma bir vaqtning oʻzida bir nechta turlarga tegishli. Masalan, kiritish-chiqarish qurilmasi, ovoz kartasi, tarmoq platasi, svitch.

Kompyuter qurilmalari uch turga boʻlinadi:

  • ichki (protsessor, operativ xotira);
  • tashqi (periferik);
  • tashqi va ichki (interperiferik).

Ichki qurilmalar maʼlum bir arxitekturani amalga oshiradi, kompyuterning apparat platformasini tashkil qiladi. Tashqi qurilmalar kompyuterning arxitekturasiga bogʻliq emas, ular kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Periferik qurilmalarga yordamchi uskunalar, masalan, sichqoncha, klaviatura kiradi. Yordamchi uskunalar qandaydir tarzda kompyuterga ulanadi (ulangan) va u bilan birga ishlaydi. Kartalar (platalar) (hatto video kartalar[2]) ham tashqi qurilmalar boʻlib, ular ISA, PCI, PCI-X, PCI Express va boshqa shinalar yordamida kompyuterga ulanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Von Neumann arxitekturasi
  • Garvard arxitekturasi
  • kompyuter xotirasi
  • protsessor

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Laplante, Philip A.. Dictionary of Computer Science, Engineering and Technology. CRC Press, 2000 — 366 bet. ISBN 0-8493-2691-5.  Tsitata: „device that is used to put information into or get information out of the computer“.
  2. How to Add RAM and Peripheral Cards to a PC Arxivnaya kopiya ot 18-oktabrya 2014 na Wayback Machine // PCWorld.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Семененко А. В. и др. Под ред. В. И. Дракина. Электронные вычислительные машины: Учеб. пособие для ПТУ. М.: Высшая школа, 1991 — 288 bet. ISBN 5-06-000756-1. 
  • Под ред. Л. Н. Преснухина „Том 1. Архитектура и проектирование микро-ЭВМ. Организация вычислительных процессов.“,. Микропроцессоры. В 3х книгах. Учебник для вузов. М.: Высшая школа, 1986 — 495 bet. 
  • Avdeev V. A. Periferiynie ustroystva: interfeysi, sxemotexnika, programmirovanie.
  • Myuller S. Modernizatsiya i remont PK, 19-e izd.