Tashkiliy texnika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tashkiliy texnika - boshqaruv va muhandisliktexnikaviy ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishda foydalaniladigan texnika vositalari majmui. Unga hujjatlar tayyorlaydigan qurilmalar (mas., yozuv mashinkasi, kompyuter, printer va hokazo), nusxa koʻchirish apparatlari (foto, yorugʻlik, ksero..., elektrfoto, termo..., elektron va h.k.), hujjatlarni ishlash, saqlash va avtomatik tarzda izlash vositalari (mexanizatsiyalashtirilgan kartotekalar, avtomatik izlash qurilmalari va h.k.), chizmachilikloyihalash asbobuskunalari (chizmachilik asboblari, taxtalari, stollari va h.k.), hisoblash qurilmalari (logarifmik lineykalar, elektron kalkulyatorlar), ichki va tashqi aloqa vositalari (telefon, telegraf, teletayp va h.k.) va boshqa kiradi. Bulardan tashqari mebellar, kichik Tashkiliy texnika vositalari (ruchkaqalam, oʻchirgich, xatxabarlarni ishlash mashinalari va h.k.)ni ham Tashkiliy texnikaga kiritish mumkin. Muassasa, tashkilot, korxona, firmalar va birlashmalardagi ish yuritish sifati, tezkorligi, ish samaradorligi, unumdorlik, saranjomsarishtalik koʻp jihatdan Tashkiliy texnikaga bogʻliq.