Tars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tars (Gyozlyu-Kule) — qadimgi manzilgoh (mil. av. 6ming yillik — mil. 34-asrlar). Turkiyaning Tarsus sh. chetida joylashgan. T.dagi qazilmalar (1934—38) natijasida Kichik Osiyo jan.ning arxeologik madaniyatini belgilovchi aniq stratigrafiyasi aniqlandi. Mil. av. 6—5ming yillikda T. — neolit davri manzilgohi boʻlib, aholisi qoramtirkoʻk rangdagi idishlar tayyorlashgan. Mil. av. 3ming yillikda T. — atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan mustahkam shaharcha. Mil. av. 2ming yillikda xemmaap davlati tarkibida (xett muhrlari topilgan). Mil. av. 1100—850 yillarda T.da dastlabki temir buyumlar yasalgan. T. madaniyatiga oid aholi Suriya va Ossuriya bilan yaqindan aloqada boʻlgan. Mil. av. 7-asrda T. Ossuriya tarkibiga kirgan. T.ning yuqori qatlamlaridan ellinistik va Rim davriga oid (mil. av. 4-asr — mil. 3—4 a.lar) qabrlar chiqqan.