Tarixiy geologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixiy geologiya - geologiyaning Yer pusti va Yerning geologik tarixi va rivojlanish krnuniyatlarini butunligicha oʻrganuvchi sohasi. T.g. geologik fanlar: stratigrafiya, paleontologiya, litologiya, petrologiya, geokimyo, tektonika, geofizika va regional geol.ning xulosalariga tayanadi. T.g.ning asosiy vazifalari — Yer pusti shakllanishining asosiy bosqichlarini oʻrganish, togʻ jinslari gʻosil boʻlishining ketma-ketligini belgilash, tirik organizm dunyosi rivojlanish bosqichlarini oʻrganish, endogen va ekzogen jarayonlar vaqtida paydo boʻladigan qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. T.g. foydali qazilmalarni hosil boʻlish sharoitlarini va ularni vaqtvaqti bilan oʻzgarishlarini oʻrganib, bular orqali baʼzi foydali qazilmalarni qidirish va bashoratlash uchun material tayyorlab beradi. T.g. Yer pusti strukturasining shakllanish tarixi (tarixiy geotektonika)ni ham oʻrganadi, bunda Yer poʻstining harakatlari va tektonik deformatsiyalari Yerda boʻladigan oʻzgarishlarning muhim omillari hisoblanadi. T.g. chuqur magmatizm, vulkanizm va metamorfizmning rivojlanishi Yer poʻstining deformatsiyasi bilan qonunan bogʻlanganligi masalalarida genetik petrografiyaga yaqindan yondashadi. T.g.da boshqa boʻlimlardan ilgari stratigrafiya boʻlimi tuzilib, 19-asrning boshlarida alohida mustaqil fan boʻlib shakllangan. 19-asrning 2yarmida Ch.Darvin, Ch. Layel tadqiqotlari natijasida geol.ga evolyutsion taʼlimot kirib keldi. T.g.ning fan soxasi boʻlib shakllanishi shu davrga toʻgʻri keladi. Geologik jarayonlarning asosiy rivojlanish krnuniyatlari (geosinklinal va platformalarning vujudga kelishi va oʻzgarishi, materiklarning shakllanishi, Yer tarixida magmatizm xarakterining oʻzgarishi va boshqalar) T.g.da yoritilgan, Yer pusti va planetaning toʻliq rivojlanishida umumiy yoʻnalish belgilangan. T. g. rivojlanishiga J. Kyuvye, U. Smit, shveysariyalik geolog A. Gresli hamda rus olimlari A.P. Karpinskiy, V.O. Kovalevskiy, N.M. Straxov va boshqa salmokli hissa qoʻshdilar. Bu sohada H.M. Abdullayevning ruda mintaqalari haqidagi nazariyalari ham muhim ahamiyatga ega boʻldi.