Tarixi Shohruxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixi Shohruhiy («Shohruh (bek) tarixi») nomli tarixiy asar, muallifi XIX asrda yashab oʻtgan fargʻonalik tarixchi olim Niyoz Muhammad Xoʻqandiydir.

Niyoz Muhammad Xoʻqandiy Qoʻqonda yirik harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan, Xudoyorxon qoʻshinida lashkarnavis, ya’ni harbiy kotib lavozimida xizmat qilgan, 60-yillar boshlarida iste’foga chiqib, ilmiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan.

Niyoz Muhammadning yirik tarixiy asari Tarixi Shohruhiydir. Bu asar Qoʻqon xonligining 1709—1876-yillar orasidagi tarixi toʻgʻrisida ma’lumot berib, unda ushbu xonlik tarkibida boʻlgan Toshkent, hozirgi Qirgʻiziston, Qozogʻistonning janubiy viloyatlari hududlarining ijtimoiy-siyosiy tarixi ham bayon etilgan. Unda Qoʻqon xonligining Buxoro, Sharqiy Turkiston va boshqa mamlakatlar bilan boʻlgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari haqida ham e’tiborga molik m a’lumotlar keltiriigan.

Bu asar qozoq olimi T.K.Beysembiyev tomonidan chuqur va atroflicha oʻrganilib, 1987-yili rus tilida Olma-Otada alohida kitob chop etildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.