Tarix al-Xulafo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Tarix al-Xulafo” (arab. تاريخ الخلفاء) – ahli sunna olimi Jaloliddin Suyutiy (1445—1505) tomonidan xalifalar tarixiga bagʻishlab yozilgan kitob. Asar 1881-yilda Kalkuttada ingliz tilida nashr etilgan va 1970-yilda “Oriental Press” matbuotida ingliz tilida qayta nashr etilgan.

Kitob quyidagi sulolalar xalifalari tarixini oʻz ichiga oladi:

• Roshid xalifalar

Umaviylar

Abbosiylar

Fotimiylar

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“The History of the Khalifahs who took the Right Way” (To‘g‘ri yo‘l tutgan xalifalar tarixi) “Tarix al-Xulafo” asarining ingliz tilidagi qisman tarjimasidir. tarjimon Abdussamad Klark ilk toʻrt roshid xalifaning biografiyasini tarjima qilishni maqsad qilgan va musulmonlar oʻrtasidagi boʻlinishlarga barham bergani hamda sunniy musulmonlar fikriga koʻra hokimiyatni qonuniy ravishda Muoviya ibn Abu Sufyonga topshirganligi sababli ularning qatoriga Imom Hasan ibn Alini ham qoʻshgan. “Tarix al-Xulafo” kitobi Abdulloh Shokirov tarafidan oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 2020-yilda “Sharq” nashriyotida nashr qilingan.

Qoʻshimcha havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]