Biylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tarantullardan yoʻnaltirildi)
Biylar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Lycosa

Biylar, tarantullar (Lycosa) — oʻrgimchakboʻrilar (Lycosidae) oilasiga mansub oʻrgimchaklar urugʻi. Tanasining uz. 3,5 sm gacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuprokli joylar (ariq va zovurlar boʻyi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, dare boʻylari)da 60 sm gacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. B. tungi hayvon, oʻlja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyun — iyul) oʻrgimchak ipidan toʻqilgan pillaga 100 ga yaqin tuxum qoʻyadi. Urgʻochi B. pillasini oʻrgimchak bezlariga yopishtirib yoki xelitserasida olib yuradi. Tuxumdan chiqqan biychalarni ham urgʻochi B. 2 — 3 kun davomida koʻtarib yuradi. B. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Janubiy Yevropa va Kavkazning choʻl, chala choʻl va dashtlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda tarqalgan 5 turidan nortman biyi (L. nortmani) koʻp uchraydi. L. pulviventris, L. alticeps Samarqand jan.da, L. medra Qarshi choʻlida, jan. rus biyi (L. singierensis) Chirchiq va Fargʻona vodiysida tarqalgan. B. zaharli, ammo odam va hayvonlar uchun xavfli emas.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil