Taqyatuzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Taqyadoʻzidan yoʻnaltirildi)

Taqyatuzi, taqyadoʻzi (arab, taqya — doʻppi) — zargarlik buyumi; xorazmlik ayollarning bosh kiyimiga mustahkamlanadigan taqinchoq. T., asosan aylana, shuningdek murabba, 6, 8 qirrali shakldor plastinadan tuzilgan, plastina atrofi gir aylanasiga metall, marjon va qimmatbaho tosh munchoq va yaproqchalar bilan yakunlanadigan uzun metall zanjirli shokilalar bilan oʻralgan. T. yuzasi bosma, kandakori va shabaka usulida naqshlar bilan, ayrimlari atrofi feruza koʻzlar bilan xrshiyalangan yirik va mayda qimmatbaho toshlar qadab bezatiladi, markazida par oʻrnatiladigan naychasi ham boʻladi. T. plastinasi atrofi 2 qator feruza koʻzlar yoki zigʻiraklar bilan hoshiyalanadi. T. bosh kiyimini butunlai qoplab berkitib turadi. Qizlarning sepiga kirgan T. xorazm ustalarining yuksak mahoratini namoyish etadi.