Taqir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taqir — 1) choʻl va chala choʻl zonalarida loituprokdan tarkib topgan va vaqgvaqti bilan suv bosadigan gilli yalang pastliklar. Yoshnli mavsumda yuzasi yupqa suv bilan qoplanib, suv bugʻlanib ketgach, T. yorilib, oʻsimlik oʻsmaydigan qatkdloqqa aylanadi. Shunday sharoitda vujudga kelgan tuproklarga taqir tuproqlar deyiladi. T. maydoni bir necha m2 dan 10–12 km² gacha boʻladi; 2) choʻllardagi yalangoch pastliklarda tub jinsi qumoklisoz tuproqdan iborat boʻlgan, avtomorf sharoitlarda rivojlangan tuproq tipi. Yuzasining poligonal yorikli qobiq (qatkdloq) bilan qoplanganligi, qisman gumus borligi (0,5% gacha), shoʻrxokligi (shoʻrlanishi xloridsulfatli va sulfat xloridli) T.ning muhim belgilaridir. T.da oʻsimliklar deyarli oʻsmaydi. Tuproq profili qalinligi 30—40 sm dan oshmaydi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Mongoliya, Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Amerikada tarqalgan. T.ni oʻzlashtirish qimmat turadigan melioratsiya tadbirlari bilan bogʻliq.