Tanxozdaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanxozdaryo
Tanxozdaryo (Yakkabogʻdaryo qoʻshilish quyiroqda)
Tanxozdaryo (Yakkabogʻdaryo qoʻshilish quyiroqda)
Tavsif
Uzunligi 93
Davlat Oʻzbekiston
Tanxozdaryo

TanxozdaryoQashqadaryo viloyatidagi daryo. Hisor tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan, 3900 m balandlikdagi Kichikgʻozi koʻlidan boshlanadi. Nushkent qishlogʻi yaqinida Qashqadaryoga quyiladi. Uzunligi 93 km, havzasining maydoni 425 km². Qariyb 70 km masofada togʻlar orasidan oqadi. Qor, yomgʻir, qisman muzliklardan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,1 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 1,67 m³/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Martiyun oylarida sersuv boʻladi, yoz oʻrtalarida suvi kamayadi.