Kontent qismiga oʻtish

Tanu Muino

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tanu Muino
Таня Муїньо
Tavalludi
Tetyana Robertivna Muinyo

7-dekabr 1989-yil (1989-12-07) (36 yosh)
Fuqaroligi Ukraina
Kasbi klipmeyker, fotograf
Faoliyat yillari 2001—hozir

Tanu Muino nomi bilan tanilgan (ukr. Таня Муїньо, isp. Tanu Muiño) Tetyana Robertivna Muinyo (ukr. Тетяна Робертівна Муїньо) – ukrainalik klipmeyker, dizayner, stilist, fotograf va kinorejissyor. U mashhur qoʻshiqchilarning kliplarini suratga olgani bilan tanilgan: Harry Stylesning „As It Was“/"Daylight", Lil Nas X’ning „Montero“, Cardi B’ning „Up“, Normanining „Wild Side“ videolarida ishlagan, shuningdek, Dua Lipa, Lizzo, Jungkook, Post Malone, Rosalía, Elton John, Britney Spears, Sam Smith, Doja Cat va boshqalar bilan hamkorlik qilgan[1].

Uning otasi Robert Muiño, kubalik. 1980-yillarda u Odessaga keladi va Ukrainada qoladi. Onasi esa ukrainalik. Olti yoshigacha Tanu Gavanada yashaydi[2].

2016-yilda u ukrainalik qoʻshiqchi Monatik bilan hamkorlik qilishni boshladi. 2020-yil noyabr holatiga koʻra Muino, Monatikning 14 ta klipining rejissyori edi.

2019-yilda Muino amerikalik qoʻshiqchi Katy Perryning „Small Talk“ qoʻshigʻiga video suratga olgan[3][4][5].

2020-yilda u ispaniyalik qoʻshiqchi Rosalía bilan hamkorlik qildi[6]. Tanu, Monatikning 2020-yil sentabr oyida chiqqan „Ritm“ klipiga rejissyorlik qilgan[7]. 2020-yil kuzida u britaniyalik musiqachi Yungbludning „Cotton Candy“ videosini suratga oldi[8]. Videoklip Kiyevda suratga olingan[9].

2021-yilda u Cardi B’ning „Up“[10], Lil Nas X’ning „Montero (Call Me By Your Name)“[11] va Normanining „Wild Side“ kliplariga rejissyorlik qilgan[1].

2022-yilda u Harry Stylesning „Harry’s House“ nomli uchinchi studiyaviy albomidagi, Billboardga koʻra 2022-yilda jahon miqyosidagi birinchi raqamli qoʻshiqqa aylangan „As It Was“ uchun musiqiy videoga rejissyorlik qildi.

2024-yilda u Ukraina vakillari, rep ijrochisi Alyona Alyona va qoʻshiqchi Jerry Heilning Eurovision-2024 qoʻshiqlar tanlovidagi chiqishini sahnalashtirgan[12]. 2024-yil 11-may kuni Shvetsiyaning Malmö shahrida boʻlib oʻtgan chiqishda „Teresa & Maria“ qoʻshigʻi kuylandi va Ukraina uchinchi oʻrinni egalladi[13].

Musiqiy kliplar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Ijrochi(lar)
2013 "Znayesh'" Rozhden
2014 "Nel’zya pomenyatʼ" Eva Bushmina
2015 "Ne prestupleniye"
2016 "#kakvoda" Layah
"Teni"
"Nevysomymi"
"Predany"
"Krujit" Monatik
"Ni ty, ni ya" Rozhden feat. L’One
"Vyxodnoy" Monatik
"Vechnostʼ"
2017 "Ne pryach’sya" Layah
"Navsegda"
"Molchatʼ"
"Vitamin D" Monatik
"UVLIUVT"
"Troll'" Vremya i Steklo
"Ploxo tantsevatʼ" IOWA
2018 "Day mne" NK
"To, ot chego bez uma" Monatik
"Ranena" Layah
"Ye, Boy" Vremya i Steklo
"Gluboko" Monatik feat. Nadya Dorofeeva
"Lomalo" NK
"Zashicayet dushu" Monatik
"Hasta La Vista" Michelle Andrade
"FEN-SHUY" Glukoza
2019 "Maybe" Braii
"Love it ritm" Monatik
"Podruga" Skriptonit
"Zloy" SBPCh
"Small Talk" Katy Perry
"Kajdyy raz" Monatik
"Lox" Vremya i Steklo
"Chasy" SBPCh
2020 "Juro Que" Rosalía
"Otdayom" Rozhden
"Sil’no" Monatik
"VECHERiNOCHKA" Monatik feat. Vera Brezhneva
"Potantsuy so mnoy" Iowa
"Dostoprimechatelnostʼ" Lida Lee feat. Monatik
"UVLIUVT na ulitse Pikadilli" Monatik feat. Laima Vaikule
"ritmoLove" Monatik feat. Lida Lee & Nino Basilaya
"Gorit" Dorofeeva
"Cotton Candy" Yungblud
"Sestra" Vera Brezhneva
2021 "Up" Cardi B
"Montero" Lil Nas X
"Wild Side"
(with Cardi B)
Normani
"Rumors"
(with Cardi B)
Lizzo
"Fleabag" Yungblud
"One Right Now"
(with the Weeknd)
Post Malone
2022 "2am" Foals
"Chicken Teriyaki" Rosalía
"As It Was" Harry Styles
"Save Yourself" One Ok Rock
"Hold Me Closer" Elton John and Britney Spears
2023 "I’m Not Here to Make Friends" Sam Smith
"Attention" Doja Cat
"Daylight" Harry Styles
"Bongos" Cardi B feat. Megan Thee Stallion
"TK421" Lenny Kravitz
"Standing Next to You" Jungkook
2024 "Canʼt Get Enough" Jennifer Lopez feat. Latto
"Ya zalishus molodim" Volodymyr Dantes
"Illusion" Dua Lipa
"A щo?" Monatik
"Xartbіt" Dorofeeva
"Mantra" Jennie
"Disease" Lady Gaga

Ukrainada YUNA mukofotining „Eng yaxshi videoklip“ nominatsiyasida mukofotlar soni boʻyicha rekordchi hisoblanadi (ketma-ket uch yil gʻolib boʻlgan: 2016-[14], 2017-[15] va 2018-yillarda[16]). M1 Music Awards-2018 marosimida „Yilning eng yaxshi klipmeykeri“ nominatsiyasi gʻolibi.

2021-yilda u Lil Nas X bilan birga „Montero (Call Me By Your Name)“ klipi uchun „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyasida MTV Video Music Award mukofotini qoʻlga kiritdi[17]. 2022-yilda esa Harry Stylesning „As It Was“ klipi sabab shu nominatsiyada gʻoliblikka nomzod sifatida koʻrsatilgan[18].

  1. 1,0 1,1 Cho, Regina „Normani and Cardi B tap into their "Wild Side" in“. Revolt (2021-yil 16-iyul). 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „5 самых модных украинских девушек-клипмейкеров | Vogue Ukraine“. Vogue.ua.
  3. Українка зняла кліп для Кеті Перрі, Зроблено в Україні (ukrain), qaraldi: 30 September 2019
  4. Katy Perry – Making of "Small Talk" / Episode #1 (ukrain), qaraldi: 30 September 2019
  5. Katy Perry – Making of "Small Talk" / Episode #2 (ukrain), qaraldi: 30 September 2019
  6. „Відео. Українська режисерка Таню Муіньо зняла кліп для Rosalia“. The Village Україна (2020-yil 24-yanvar).
  7. „"Ритм" – MONATIK презентував фільм-мюзикл з українськими зірками. Відео“. Волинські новини.
  8. Brittany, Spanos (2020-10-15). „Yungblud Can't Keep Hands to Himself in 'Cotton Candy' Video“. Rolling Stone (ingliz (Amerika)).
  9. „Відео. "Усе пройшло шалено". Українська режисерка Таню Муіньо зняла кліп для Yungblud“. The Village Україна (2020-yil 16-oktyabr).
  10. Semyon Gudoshnikov. „Карди Би показала новый клип "Up", Его режиссером выступила украинский клипмейкер Таня Муиньо“. Афиша. Daily (2021-yil 5-fevral).
  11. Shaffer, Claire (26 March 2021). „Lil Nas X Shares Unabashedly Queer Video for 'Montero (Call Me By Your Name)'. Rolling Stone. Rolling Stone, LLC.
  12. Suspilne. „Таню Муіньо стала постановницею номера alyona alyona & Jerry Heil на Євробаченні-2024“. eurovision.ua.
  13. EBU. „Grand Final of Malmö 2024“. Eurovision.tv.
  14. „YUNA-2017: названі імена переможців музичної премії в Україні“ (2017-yil 21-fevral).
  15. „Названо переможців YUNA-2018“.
  16. „ПЕРЕМОЖЦІ НАЦІОНАЛЬНОЇ МУЗИЧНОЇ ПРЕМІЇ "YUNA – 2019"“. Українська музична премія Yuna (2019-yil 27-mart). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan.
  17. „Winners“. MTV VMA. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Your 2022 VMA Nominations Are Here: Jack Harlow, Kendrick Lamar, Lil Nas X Lead The Pack“. MTV. 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.