Tantyema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tantyema (frans. tantiema — qoʻshimcha mukofot) — aksiyadorlik jamiyati, sanoat firmalari, banklar, moliya kompaniyalari va boshqalarning yuqori ragʻbar xodimlariga sof foydadan toʻlanadigan qoʻshimcha mukofot. T. toʻlash haqida korxona direktorlar kengashi tomonidan taklif beriladi va bu taklif aksiyadorlik jamiyatining umumiy majlisida tasdiqlanadi. T. miqdori sof foydadan muayyan foizlarda belgilanadi. Koʻpincha T. lavozim maoshidan oshib ketadi.