Tantrizm
Qiyofa
Tantrizm — buddizm va hinduiylikdagi yoʻnalish. Mil.ning boshlarida paydo boʻlgan, muqaddas yozuv (tantra)lari bor. Yogalar metodini oʻzlashtirib, sirli marosimlar sistemasini ishlab chiqqan. T.ning diniyfalsafiy taʼlimoti asosida inson mikrokosmdir degan gʻoya va ayollar yoki erkaklar jinsiy qudratiga sigʻinish haqidagi tasavvur yotadi. Hindistondan tashqari (bu yerda T. tarafdorlari oriy boʻlmagan qabilalar vakillaridan tashkil topgan) Yaponiya, Nepal, Xitoy, ayniqsa, Tibetda tarqalgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |